Glossari y aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi


Download 245.5 Kb.
bet21/29
Sana23.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1112542
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
Г Л О С С А Р И Й

Nodavlat sektori – milliy iqtisodiyotning davlat tasarrufida bo’lmagan sohalari. Nodavlat sektori G’arb mamlakatlarida privat, ya’ni xususiy sektor deb yuritiladi.
Nozogeografik o’choq -u yoki bu kasallikning vujudga kelgan (vujudga keltirgan) joyidir. Tabiiy geografik nuqtai nazardan uni Ye.N.Pavlovskiyning yuqumli-parazitar kasalliklarning tabiiy o’choqlari xususidagi g’oyasiga mos keladi. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyada esa ular ma’lum aholi manzilgohi, sanoat korxona va markazlari bo’lishi mumkin.
Nozogeografik areal muayyan kasallikning bevosita tarqalishi yoki shu kasallik mavjud bo’lgan hudud hisoblanib, u nozogeografik rayon asosini tashkil etadi. Epidemiologik jihatdan yondashilganda bu jarayon geografik diffuziya qonuniyatlariga o’xshab ketadi. Umuman olganda esa nozogeografik areallar faqatgina yuqumli kasalliklarga taalluqli bo’lmasdan, u barcha kasalliklarning hududiy tarkibini ham anglatadi.
Nozoekologiya (kasalliklar ekologiyasi) - aholi orasida uchraydigan kasalliklar va ularning tabiiy o’choqlari, ularning kelib chiqish sabab va tarqalish qonuniyatlarini o’rganadi. Mazkur fan ob’ekti epidemiologiya ob’ektidan farqli ravishda nafaqat zooantroponozlar, antroponozlar, endemik kasalliklar, shuningdek, onkologik va yurak, qon-tomir hamda boshqa patologiyalarni ham o’z ichiga oladi
Noosfera «aql qobig’i», biosfera taraqqiyotining yuqori bosqichi
Og’riqli nuqtalar- bu hozirgi kunda butun dunyo aholisini xavotirga solayotgan, bir necha davlatlar orasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy mojorolar vujudga kelgan nuqtalar
Ozuqa zanjiri – biri ikkinchisiga ozuqa bo’ladigan organizmlarning ketma - ket keladigan zanjir
Oltin-valyuta zahirasi – Markaziy bankda jamlangan oltin va valyuta resurslari.
PDV- Atmosfera ifloslanishini me’yorlash uchun sanoat va transportda chiqindi chiqarish miqdorlari chegarasi
PDK- atmosfera havosidagi zararli moddalarning inson, tirik jonzotlarning hayoti uchun xavfsiz bo’lgan yuqori kontsentratsiyasi chegarasi

Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling