Glossari y aglomeratsiya, aholi punktlari aglomeratsiyasi


Download 245.5 Kb.
bet29/29
Sana23.01.2023
Hajmi245.5 Kb.
#1112542
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
Г Л О С С А Р И Й

Ekologik imperativ- tabiat qonunlariga bo’ysunish talabi
Ekologik inqiroz- ekologik sistema, tabiat kompleksidagi muvozanat xolatining qayta tiklasa bo’ladigan o’zgarishlar
Ekologik omil – tirik organizmning moslashish xarakteriga javob beradigan tashqi muhitning har qanday elementi. Uning abiotik, biotik va antropogen turlari ajratiladi
Ekosistema – organizmlar va ularning yashash muhitidan iborat tabiiy yoki sun’iy antropogen majmui; undagi tirik va notirik ekologik tarkibiy qismlar bir- birlari bilan chambarchas bog’langan
Eksport – tovarlar va xizmatlarning xorijga sotilishi.
Ekstensiv iqtisodiy O’sish- qO’shimcha ish kuchi ishlab chiqarish vositasi va resurslarini jalb qilish hisobiga, ya’ni mehnat va moddiy resurslarni kO’proq qO’shish hisobiga O’sish. Bunda oddiy mehnat sarflari qisqarmaydi, mehnat unumdorligi oshmaydi. Miqdoriy O’sish
Elektroenergiya omili. Bu sohaning o’ziga xos xususiyati shundaki, u yaratgan mahsulot - elektr quvvatini jamg’arib, omborxonalarda yig’ib bo’lmaydi, undan ayni paytning o’zida foydalanish kerak.
Envayromentologiya- atrof muhit to’g’risidagi majmuali fan.
Erkin bozor – narxlar biron-bir tashqi omillar ta’siriga bog’liq bo’lmagan holda faqat talab va taklifga ko’ra shakllanadigan bozor.
Erkin iqtisodiy zonalar – davlatlararo kelishuviga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xo’jalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar.
Exotsentristlar-jamiyatni rivojlantirish maqsadlari tabiatni kontservatsiyalash sifatida namoyon bo’lishini qo’llovchi oqim tarafdorlari.
Ehtiyojlar – organizm, inson shaxsi, ijtimoiy guruh, umuman jamiyatning hayot faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo’lgan narsalarga talab, muhtojlik. Nazariy va amaliy iqtisodiyotning fundamental tushunchalardan biri.
Yalpi ichki mahsulot – (YaIM) mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr (oy, chorak, yil) davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkich. Milliy statistikada asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich sifatida YaIM yoki yalpi milliy mahsulot YaMM hatto yalpi milliy daromad (YaMD)ham qabul qilinishi mumkin.Masalan, AQShda Yaponiyada YaIM emas, balki YaMM asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi. Ammo BMT ning milliy xisoblar tizimida YaIM birlamchi iqtisodiy ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi.
Yalpi milliy mahsulot (daromad) (YaMM yoki YaMD) – mamlakatning ma’lum muddat (odatda, oy, kvartal, yil) ichida umumiy iqtisodiy faoliyatni tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko’rsatkichlaridan biri.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) - ichki va tashqi faoliyatda bir yilda moddiy va nomoddiy sohalarda qanday millat tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarning umumiy qiymati bO’lib, mamlakatning yaxlit sotsial-iqtisodiy kO’rsatkichi hisoblanadi
Yashil zona (The green zone)-shahar atrofi zonasiinng bir qismi bo’lib, shahar havosini tozalash maqsadida barpo etilgan bog’lar, o’rmonlar, madaniy daraxtzorlar


Download 245.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling