Spekulyatsiya – qisqa muddatli davrda yuqori foyda chiqarib olish maqsadlaridagi xatarli savdo operatsiyalari.
Suburbanizatsiya (Suburbanization)-Yirik shaharlardan aholi bir qismining shahar atrofiga ko’chib o’tishi va shaharning shahar yonida o’sishi.
Suktsessiya –muayyan hududlardagi biotsenozlarning tabiiy omillar yoki inson ta’sirida ketma-ket almashinishi
Tabiat – odamning paydo bo’lgunicha ham, odam ishtiroki bilan ham mavjud borliq.
Tabiatdan foydalanish iqtisodiyoti fani ob’ekti-inson va uning yashash muhiti, doimiy o’zgaruvchan tabiiy sharoitlari, atrof-tabiiy muhitdan jamiyat manfaatlari yo’lida foydalanish darajasidir.
Tabiatdan foydalanish-tabiat va inson munosabatlari jarayonlari majmualaridir.
Tabiiy monopoliya – bozorda muayyan tovarlar (ishlar, xizmatlar) turlariga bo’lgan talabni qondirishda raqobatli sharoitlarni yaratish texnologik xususiyatlarga ko’ra mumkin bo’lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan maqbul bo’lmaydigan yoki iqtisodiy jihatdan ma-bul bo’lmaydigan holat.
Tabiiy resurslar – kishilar moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida jamiyat tomonidan foydalaniladigan yoki foydalanish mumkin bo’lgan tabiatning bir qismidir.
Tabiiy resurs- kishilik jamiyati faoliyati uchun zarur bo’lgan va xg’jalikda bevosita foydalaniladigan tabiiy elementlar. Ularga tuproqlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, mineral xom ashyo, suv va b lar kiradi.
Tabiiy resurslar – jamiyatning moddiy, ilmiy-ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishda foydalanilayotgan yoki foydalanish mumkin bo’lgan tabiiy ob’ektlar, jarayonlar
Tabiiy resurslar-tabiat elementlari, ijtimoiy ishlab chiqarishning hozirgi rivojlanish darajasida jamiyat ehtiyojlarini qondirishda foydalanilayotgan (yoki foydalanishi mumkin bo’lgan) tabiiy sharoitlar majmuasining bir qismi, tabiiy muxitning muhim komponentlari.
Tabiiy sharoit- ma’lum bmr paytda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi g’amda jamiyatning hayoti va xo’jalik faoliyati uchun muhim bo’lgan, ammo moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydigan tabiat kuchlari, narsa va hodisalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |