Tarbiya - shaxsning ma’naviy va jismoniy holatiga muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir o’tkazish ta’sirida shakllanuvchi uzliksiz jarayon.
Tarbiya texnologiyasi - tarbiyaviy jarayonga kompleks yondashuvni anglatib, bu tarbiyaviy ta’sir va o’zaro hamkorlik maqsadlari, vazifalari, mazmuni, metodi va shakllarining birligidan iboratdir.
Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boriladigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chiqarish va (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish (import)dan tashkil topadi.
Ta’lim - maxsus tayyorgalikdan o’tgan kishilar rahbarlikda o’tkaziladigan, ta’lim olivchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, qobiliyatlarni o’stirib, dunyoqarashlarni tarkib toptiruvchi jarayon.
Ta’lim mazmuni - ta’lim oluvchilarning o’qish jarayonida, egallab olishi lozim bulgan hamda tizimga solingan bilim, malaka va ko’nikmalarning aniq belgilangan doirasi.
Texnologik karta – texnologik jarayonning har bir bosqichi mazmuni to’liq yoritilgan hujjat.
Texnologiya – 1) Ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ashyoning holati xususiyati, shaklini o’zgartirish metodlari to’plami. 2) texnos- san’at, mahorat, logos- ta’limot.
Texnotsentrizm-inson ongining qudratiga ishonish, ilmiy ratsionalizm negizida asosida shakllanadigan ta’limot.
Tibbiy geografik rayonlashtirishda dastavval nozogeografik o’chog’lar va areallar aniqlanadi. Binobarin, tibbiy geografik rayonlashtirishning asosiy toksonomik birliklari nozogeografik o’choq, nozogeografik areal va rayonlardan tarkib topadi.
Trening - tahsil oluvchi faoliyatiga mo’ljallangan ta’lim shakli bo’lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar orqali o’zlashtirilishini ta’minlaydi. U ta’lim beruvchi tomonidan o’qitishni emas, balki tahsil oluvchi tomonidan mustaqil va faol o’rganishni ko’zda tutadi.
Trofik aloqa – bir turning ikkinchi tur bilan oziqlanishidagi munosabat
Do'stlaringiz bilan baham: |