Glossariy abolitsionizm


Apatiya – (yunon.) butunlay befarqlik holati, loqaydlik. Axborot


Download 68.22 Kb.
bet2/23
Sana21.04.2023
Hajmi68.22 Kb.
#1371527
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
GLOSSARIY TARJIMA

Apatiya – (yunon.) butunlay befarqlik holati, loqaydlik.
Axborot – (“informatio” lotinchadanma’lumotlar, tuShuntirishlar, bayonlarni anglatadi) – bu ma’muriy, tashkiliy tadbirlar o‘tkazish haqida qarorlarni qabul qilish uchun, Shuningdek taklif va tavsiyalarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi muhim faktlar (shaxslar, harakatlar, tashkilotlar, voqealar) to‘g‘risidagi ma’lumotdir. Falsafiy nuqtai nazardan axborot bizning ma’lumot (belgi) olish natijasida o‘rganilayotgan hodisalar (jarayonlar) haqida tasavvurlarimizning noaniqligini kamaytirish yoki olib tashlashni ta’minlaydi.
Axborot madaniyati – jamiyatning axborot resurslar va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish, shuningdek bu maqsadlarda axborotlashtirish vositalar va axborot texnologiyalarni rivojlantirish sohasida ilg‘or yutuqlarni qo‘llash qobiliyati. Axborot madaniyati kishida axborot muhiti bilan o‘zaro munosabatda bilim, mahorat, ko‘nikma va refleksli ko‘rsatmalar mavjud bo‘lishi bilan ifodalanadi. Kishining axborot madaniyatining eng muhim elementlaridan biri – axborot resurslarini bilish (ulardan erkin foydalanish imkoniyati).
Axborot makoni – (Axborot muhiti) axborotni saqlash, ishlash va uzatish bo‘yicha texnikaviy va dasturiy vositalar, shuningdek axborotlashtirish jarayonining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy shart-sharoitlari majmuasi.
Axborot sohasini liberallashtirish – (liberalis lotinchadan erkinlikka taalluqli) OAV huquq va erkinliklarini kengayish jarayoni, shuningdek ularning faoliyatidagi cheklovlarini olib tashlash va davlat nazoratini susaytirish.
Axborot erkinligi – fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lib, so‘z, matbuot va boshqa ommaviy axborotga ega bo‘lgan axborotni olish huquqi va qonuniy asosda olingan axborotlarni tarqatish huquqi axborot erkinligi hisoblanadi. O‘z.Res. Konstitutsiyasiga asosan, ommoviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi (67-modda).

Download 68.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling