Glossariy absolyut renta


Download 20.07 Kb.
bet4/8
Sana07.03.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1247271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GLOSSARIY

Iqtisodiy o‘sish - YAMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatning yaxshilanishida ifodalanadi
Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va siyosati fanining predmeti – iqtisodiy rivojlanishning sharoitlarini, omillarini va ahamiyatini aniqlash maqsadida iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o‘rganishdan iboratdir.
Iqtisodiy inqiroz — ishlab chiqarish xajmining keskin tushib ketishidir.
Iqtisodiy sikl — ishlab chiqarishning bir Iqtisodiy inkirozidan ikkinchisi boshlanguniga kadar takrorlanib turadigan xarakati.
Iqtisodiy islohotlar – Iqtisodiyotda tub (yoki qisman) o‘zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlardir.
Iqtisodiy uklad – turli mulkchilikka asoslangan xo‘jalik yuritishning shakllari va turlari.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish – nima va qancha ishlab chiqarishni qaerga, qanday bahoda sotishni tadbirkorning o‘zi belgilashi lozim. Iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarini erkinlashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish – tanglik holatlariga barham berish asosida makroIqtisodiy muvozanatlikni saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Iqtisodiy muvozanat - Iqtisodiy jarayonlar, xodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir-biriga mos kelish holati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish (IDTTS) - qonunchilik, ijro va nazorat qilish xarakteridagi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling