Glossariy absolyut renta


Download 20.07 Kb.
bet5/8
Sana07.03.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1247271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GLOSSARIY

Iqtisodiy bitimlar - qiymatning har qanday ayirboshlanishi, ya’ni tovarlar ko‘rsatilgan xizmatlar yoki aktivlarga mulkchilik huquqining bir davlat rezidentlaridan boshqa davlat rezidentlariga o‘tishi bo‘yicha kelishuvlar.
Iqtisodiy mutanosiblik - Iqtisodiyotning turli tomonlari va soxalari o‘rtasida miqdor va sifat o‘lchamlarning mos kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar, ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - Iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli bo‘lib, bunda Iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari Iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi

Ma’naviy rag‘batlantirish – insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
Mehnat salohiyati - jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardir.
Monopoliya –bu shunday bozorki, unda faqat bitta mahsulot ishlab chiqaruvchi firma faoliyat olib boradi va mahsulot ishlab chiqarishni, sotishni to’liq nazorat qiladi.
Muvozanat narx - talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling