Reklama agentligi (ingl. advertising agency) — o‘z mijozlari uchun reklama kampaniyalari tadqiqoti, rejalashtirish, tayyorlash va reklama materiallarini joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan tashkilot.
Reklama tadqiqotlari - (ingl. advertising research) quyidagilardan tarkib topgan, jumladan, reklama kampaniyasi o‘tkazishgacha bo‘lgan tadqiqotlar; konsepsiya ustida izlanishlar; reklama materialini testlashtirish; OAV sohasidagi tadqiqotlar; motivatsiya sohasidagi tad- qiqotlar, motivatsiya tahlili; reklama kampaniyasi o‘tkazilgandan keyingi tadqiqotlar; reklama kampaniyasi samaralarini o‘rganish.
Remarketing (ingl. remarketing) — mahsulot haddan tashqari ko‘payishi oqibatida unga bo‘lgan talab pasaygan davrda qo‘llanadigan marketing turi. Remarketing faoliyatining asosiy vazifasi — bozorda talabni qondirishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat, buning uchun tovarga bozor yangiliklarini singdirish, firma faoliyatini yangi bozor sharoitiga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va hokazolarni amalga oshirish talab qilinadi.
Savdo baryeri — mamlakatlar o‘rtasida, odatda, tariflar, kvotalar yoki valuta nazorati ko‘rinishida amalga oshiriladigan tovarlar va xizmatlar erkin ayirboshlanishini sun’iy ravishda cheklash.
Do'stlaringiz bilan baham: |