Defitsit (ingl. shortage) — bozordagi bir vaziyat bo‘lib, unda aynan o‘sha narxda talab kattaligi taklif kattaligidan yuqoriroq bo‘ladi.
Diler — 1) qimmatli qog‘ozlar, valuta, qimmatbaho metallar oldi- sotdisi bilan o‘z nomidan va o‘z hisobiga shug‘ullanadigan fond birjasining a’zosi (alohida shaxs yoki firma) yoxud bank. Qimmatli qog‘ozlar bozorining dilerlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan professional ishtirokchisi. Faqat tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxsgina diler bo‘lishi mumkin; 2) ulgurji (ko‘tarasiga) olgan mahsulotini chakanalab sotayotgan tadbirkor; 3) ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotning mahsuloti yoki xizmatini aynan o‘sha tashkilotning nomidan sotishni tashkil qiluvchi yuridik shaxs.
Diling — savdo, vositachilik va ishbilarmonlik xizmatlari kompleksi.
Direktivalar — marketing sohasida qo‘llanuvchi huquqiy hujjatlar, qonunchilik hujjatlari, farmonlar va qarorlar yig‘indisi, (tabiiyki, muntazam o‘zgaradi, ko‘payadi, tuzatiladi va to‘ldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |