Yagona ulgurji narx — sanoat mahsulotlari bir xildagi turlariga — ishlab chiqarish vositalari va iste’mol predmetlariga alohida korxonalar, bitta mintaqa, bozordan qat’iy nazar tayinlangan ulgurji baho.
Yalpi milliy mahsulot — ma’lum bir muddat (odatda, bir yil) ichida mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning umumiy qiymati.
G‘oyalar marketingi (ingl. creative marketig) — o‘zaro bir-birini tushunishga, dunyoqarashi, e’tiqodini o‘zgartirish, istalgan reaksiya va xulq-atvorga undash maqsadida kompaniya tomonidan g‘oyalar ishlab chiqilishi va maqsadli auditoriyaga taklif etilishi.
Zamonaviy raqobat strategiyalari — iqtisodiyot nazariyasi rivojlanib borishi asnosida Maykl Porter uchta bazaviy raqobat strategiyasini ajratib bergan edi: xarajatlarni tejash, tabaqalashtirish,
ixtisoslashtirish hisobiga. Raqobat kurashida strategiyaning to‘rt asosiy turi namoyon bo‘ladi, bular: kuch strategiyasi — yirik, standart ishlab chiqarish uchun; bozor bo‘shlig‘i strategiyasi — tor ixtisoslashgan firmalar uchun; moslashish strategiyasi — mahalliy biznes; ilk strategiya — yangi yoki qayta o‘zgargan bozor segmentining yaratilishi strategiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |