Savdo tizimi — xaridor va sotuvchi muloqoti rejimida savdo amallarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lib, mutaxassislarning maslahatlari, infratuzilmali xizmatlar va boshqa qo‘shimcha imkoniyat- larni ta’minlaydi.
Sanoat reklamasi — aholi orasidagi iste’molchilar uchun emas, balki sanoatdan foydalanuvchilar va xaridorlar uchun mo‘ljallangan reklama bo‘lib, business to-business advertising, ya’ni mijoz kompaniyalar uchun reklama, deb ham ataladi. Ilgari savdo va texnika reklamasi, deb yuritilgan bu atama hozirgi kunda ham ko‘pgina mamlakatlarda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |