Servis paneli (service panel) — xizmat ko‘rsatish va xizmatlar havola etiladigan turlri sohalarda xaridorlar ehtiyojlarining maxsus paneli.
Segmentlashtirish (ingl. segmentation) — marketing rejalashtirishida bir-biriga bog‘lanib qolgan shaxslarni aniqlashtirib olish hamda bir- biridan ajratishdir.
Sinama marketing; test marketing — bitta yoki tanlab olingan bir necha mintaqada o‘z tovarlarini realizatsiya qilish.
Sinxromarketing (ingl. synchromarketing) — bozorda tovarga bo‘lgan talabning kuchli o‘zgarishi (tovarning mavsumiy xarakterga egaligi) tu- fayli konyunkturaning pasayishi oqibatida qo‘llanadigan marketing turi, bunday pallada sinxromarketing talab o‘zgarishini inobatga olgan holda sotuvning barqarorligini ta’minlaydi.
Sif (ingl. cost, insuranse and fright) — (narx, sug‘urta va yetkazib berish) terminidan chiqarilgan abbreviatura. Eksport kontrakti doirasida tovar yetkazib berishning tovarning narxi xaridor uchun ana shu elementlarni ham o‘z ichiga olishini ko‘rsatuvchi bir sharti.
Do'stlaringiz bilan baham: |