Savdo belgisi — yuridik yoki jismoniy shaxslarning mahsulotlari yoki xizmatlarini individuallashtirish (boshqalardan farqlash) uchun xizmat qiladigan alohida belgi, so‘z, ism, ibora, tasvir, raqamlar, harflar, tovush yoki aralash shaklda bo‘lishi mumkin. Intellektual mulkning bir turi.
Savdo menejeri (ingl. sales manager) — mahsulot o‘tkazish va sotish bo‘limi va uning alohida tovar yoki guruhi bilan ish ko‘rishi uchun mas’ul bo‘lgan rahbar. Kompaniya direktoriga hisobot berish, savdo va marketing bo‘yicha direktorga hisobot berish, sotuvchilar to‘g‘risidagi yozma hisobotlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ko‘pincha savdo va rahbar personalini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish tijorat direktori vakolatlari sirasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |