Tovar harakati kanallari — tovar harakati funksiyalarini amalga oshirish yo‘llari. Tovar harakati kanallari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin: ishlab chiqaruvchining xaridor bilan oddiy (to‘g‘ridan to‘g‘ri) aloqa qilishida yo tovar xaridorga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berilishi, yoki ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulot sotish va o‘tkazish tarmog‘iga ega bo‘lishi taqozo etiladi.
Tovarlar guruhi brendi (ingl. family brend) — mahsulotlar yoki xizmatlar assortimentini identifikatsiyalovchi brend. Odatda nom, so‘z, timsol, logotip, grafik tasvir yoki savdo markasi ko‘rinishida aks ettiriladi, bajarilishi ana shunday atributlar sirasiga kiradi.
Trend — narxlar o‘zgarayotgan yo‘nalish.
Do'stlaringiz bilan baham: |