Glossariy Arxeografiya


Tabdil – yozuvni boshqa yozuvga o‘girish (masalan, eski o‘zbek yozuvidan kirill yoki lotin alifbosiga o‘girish). Nasriy bayon


Download 47.47 Kb.
bet6/8
Sana21.06.2023
Hajmi47.47 Kb.
#1638030
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GLOSSARIY

Tabdil – yozuvni boshqa yozuvga o‘girish (masalan, eski o‘zbek yozuvidan kirill yoki lotin alifbosiga o‘girish).
Nasriy bayon – nazmiy matnni nasr yo‘li bilan bayon qilish.
Lug‘at ilmi – tilning lug‘aviy birliklari haqidagi ilm bo‘lib, turli xil lug‘atlarning tuzilish qoidalaridan boxabar bo‘lgan holda u qoidalarini mumtoz matnga to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatadi.
Muhozaratarixiy voqea va rivoyatlarni, salaflarning hikmatli so‘z va asarlaridan o‘z o‘rnida foydalana bilish ilmi.
Ateteza – muallifi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan muayyan asarni ilmiy asosda noo‘rin mualliflikdan himoya qilish. Bu holatda bahsga sabab muallifning mavjud asarlari qiyosan o‘rganilib, ularning hududiy, davriy, g‘oyaviy, uslubiy jihatlari tekstologik tadqiqi qilinib, xulosa chiqariladi.
Interpolyasiya – hoshiyadagi bitiklarning asosiy matnga qo‘shib yuborilishi. Matnshunos asosiy matnning o‘ziga xos uslubi va strukturasini jiddiy o‘rganish orqali interpolyasiyani aniqlash mumkin. SHuningdek, qo‘lyozma matnining ilgari o‘chib ketishi, yirtilishi natijasida ma’no mavhumligiga sabab bo‘lgan o‘rinlarini va ayni shu nusxadan ko‘chirilgan keyingi nusxalardagi matn bo‘laklarini qiyoslash orqali interpolyasiyani ajratib olish mumkin.
Konyekturamatn kontekstidan kelib chiqib, matndagi xato yozilgan o‘rinlar yoki o‘qib bo‘lmas darajada o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni matn mantig‘idan kelib chiqib tiklash. Konyektura beixtiyor yoki e’tiborsizlik oqibatida yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatishga nisbatan qo‘llanadi.
Ilmiy-tanqidiy matn – matn tarixining muallif matniga yaqin variantini ilmiy tekstologik dalillar asosida asliyat yozuvida taqdim qilish. Ko‘p nusxaga ega manba matni ustida ishlash, uning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash butun “injiqlik”lari bilan o‘ta nozik va mas’uliyatli, to‘xtovsiz aniqlik va intizom talab etuvchi “zahmat”lari bilan mashaqqatli, ammo samarali mehnatdir.
Ilmiy-ommabop (akademik) matn – yagona, yangi topilgan asarni e’lon qilish uchun yoki ilmiy-tanqidiy, shuningdek, yig‘ma-qiyosiy matn asosida matnning soddalashtirilgan variantini tuzish.

Download 47.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling