Glossariy Arxeografiya
Lug‘at– tilning lug‘aviy birliklari(leksema) haqidagi ilm. Nahv
Download 47.47 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘z qatlam leksikasiga moslashish
- SHarh
- Tarixiy tafsirlar
Lug‘at– tilning lug‘aviy birliklari(leksema) haqidagi ilm.
Nahv – so‘zlarning gapdagi tarkib qoidalari haqidagi ilm (sintaksis). Rasmul xat – yozuv san’ati, harf shakllari va imlo qoidalari haqidagi ilm. Qofiya – misralarni hamohang tugatish haqidagi ilm. She’r farzi (yoki she’r naqdi) – she’rga baho berish ilmi. Matn tahriri – adabiy yodgorlikning shunday qayta ishlanishi. Matn tahriri qandaydir ijtimoiy voqelik talabiga ko‘ra yoki ko‘pincha adabiy ehtiyojdan va kitobsevarning tab’idan kelib chiqib yoxud til sofligiga erishish niyatida aniq maqsadga qaratilgan holda amalga oshiriladi. O‘z qatlam leksikasiga moslashish – o‘zlashayotgan so‘zning mezbon til qonuniyatlarini to‘la qabul qilishi, balki to‘la ravishda uning qoidalariga bo‘ysundirilishi. Ilmiy apparat – matn tarkibini detallashtirib, har bir qismni ilmiy ko‘rsatkichlar orqali izohlash. Ilmiy apparatning konstruksiyasi va uning ichki tarkibi jarayonning ilmiy ko‘lami haqida bir butun tasavvur uyg‘otadi, balki tadqiqotning yakuniy ko‘rgazmali maketi vazifasini o‘taydi. SHarh – ochmoq; bayon qilmoq, tushuntirmoq, yoritmoq, izohlamoq; bo‘laklab kesmoq. Lug‘aviy tafsir – oyatlarning til xususiyatlari, xususan, so‘zlarning sintaktik bog‘lanishlarini o‘rgatadi. Aqliy tafsir – bunday tafsirlarda donishmandlar va faylasuflarning so‘zlariga e’tibor qaratilgan, ularning shubhalariga raddiyalar berilgan. Fiqhiy tafsir – turida fiqhiy hukmlarning dalillari keltirilgan. Mufassir o‘z mazhabiga muvofiq ravishda fiqhiy masalalarni hal qilgan, dalillarining kuchliligi boshqa mazhab dalillariga qiyosan isbotlangan. Tarixiy tafsirlar – qissalar, qadimda o‘tgan qavmlarning tarixi kengroq sharhlangan tafsirlar. Tasavvufga oid tafsirlar – bu xil tafsirlarda targ‘ib (jannatga rag‘batlantirish) va tarhib (do‘zaxdan qo‘rqitish, ogohlantirish) masalalariga, oyatlardan botiniy sirlar, ramziy ishoralar chiqarishga diqqat qilingan. Download 47.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling