Glossariy avesto zardushtiylik dinini muqaddas kitobi. Aqidaparastlik


IUDAIZM - yahudiylik dinining nomi. ISLOM EKSTREMIZMI


Download 35.26 Kb.
bet3/16
Sana25.02.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1228041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MANAVIYATSHUNOSLIK. GLOSSARIY

IUDAIZM - yahudiylik dinining nomi.
ISLOM EKSTREMIZMI - Musulmon mamlakatlaridagi hokimiyatlar siyosatida g‘arb davlatlari ta’siriga tushib qolish havfiga qarshi, qadimgi islom g‘oyalarini qayta tiklash uchun keskin chora-tadbirlar ko‘rish asosida hokimiyatni qo‘lga olishni maqsad qilib qo‘yadi.
KA’BA- islom dinining eng muqaddas, asosiy ibodatxonasi. Makka shahrida joylashgan masjidlar majmuasi, islom dinining qiblasi.
KOFIR- islom diniga ishonmaydigan, diniy e’tiqodga rioya qilmaydigan odamlarga nisbatan ishlatiladi.
KONFESSIYA - (lot-e’tiqod, e’tirof) muayyan Yo‘nalishdagi diniy e’tiqod.
MAZHAB - (arab. «Yo‘l», «oqim») islomdagi shariat qonunlari tizimi va yo‘nalishi.
MAFKURA - ma’lum bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh, partiya yoki millatning tub manfaati, maqsad va vazifalarini nazariy asoslab himoya qiluvchi, shu maqsad yo‘lida ularni birlashtiruvchi, safarbar qiluvchi falsafiy, siyosiy, ahloqiy, diniy, huquqiy qarashlarning sistemalashtirilgan ilmiy bilimlar majmuasidan iboratdir.
MODERNIZM - dinda zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan foydalanib, davrga moslashish, yangilanish oqimi.
MUSULMON - islom diniga e’tiqod qiluvchi kishi.
MUTAASSIBLIK - (fanatizm) o‘z g‘oyasini o‘ta «to‘g‘ri» deb boshqacha fikr egalarini tan olmaslik va ularni buzg‘unchilikda ayblash.
MUHADDIS - (arab. «Hadis so‘zlovchi») Payg‘ambar hadislarini to‘plab, ularni tartibga solib, to‘plam holatiga keltirgan olim.
MAFKURAVIY TUZOQ - diniy ekstremislar o‘zining g‘oyalariga kishilarni ishontirib, ergashtirib olish usuli.
Mafkuraviy markazlar - muayyan g'oyani ilgari suruvchi, targ'ibot va tashviqontinng turli usul, vositalari orqali odamlar ongi, ruhiyatiga ta'sir etuvchi kshilar uyushmasi, tashkilot yoki muassasalardir.
Mafkuraviy bo'shliq – jamiyat, davlat vamehnat jamoalarida vujudga kelgan vaziyat, ijtimoiy muhit tarbiyaviy mafkuraviy ishlarning zaiflashib qolishi. Bunday sharoitda fuqarolar ongi va faoliyatida turli mish mishlar, safsatalar ustuvorlik qila boshlaydi. Kishilar hatti harakatini bo'shanglik, loqaydlik, befarqlik egallab oladi.ruhiyatida hech narsaga aralashmaslik ustun keladi.

Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling