Glossariy avesto zardushtiylik dinini muqaddas kitobi. Aqidaparastlik


Download 35.26 Kb.
bet9/16
Sana25.02.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1228041
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
MANAVIYATSHUNOSLIK. GLOSSARIY

Din bajaradigan ikkinchi vazifa - bu, uning birlashtiruvchiligi. Har bir din o’ziga e’tiqod kiluvchilarni o’z ta'limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta'limoti doirasida saqlashga Harakat qiladi. Bu Hodisaga dinning birlashtiruvchilik vazifasi deyiladi.
Dinning uchinchi vazifasi - bu, uning o’z qavmlari turmushini tartibga solish va nazorat qilishi.
To’rtinchidan, har bir din aloqa bog’lashlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat va shahsning o’zaro aloqada bo’lishini ta'minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z dinidagi boshqa kishilar bilan bog’liqlikda bo’lishi, urf-odat, marosim va bayramlarni, ibodatlarni jamoa bo’lib bajarishi nazarda tutiladi.
Din - ming yillardan beri odamlarda ishonch hissini, ertangi kunga umid Hissini mustaHkamlab kelmoqda.
Prezidentimiz LA. Karimov Hozirgi davrda dinning insoniyat hayotidagi ahamiyati Haqida bunday degan edilar: Insoniyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan Hozirgi davrda dinning turli halqlar o’rtasida muloqot o’rnatish, ularni ma'naviy va ruhiy jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da'vat etish borasidagi aHamiyati beqiyosdirq.
Vijdon erkinligi. Vijdon erkinligi fuqarolarning u yoki bu dinga e’tiqod qilish yoki Hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik Huquqidir. Vijdon erkinligi inson Huquqlari masalasining eng muHim qirralaridan biridir. SHuning uchun Ham Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948 yilda qabul qilingan qlnson Huquqlari Deklarasiyasiq da bu masalaga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Deklarasiyaning 18-moddasida bunday deb yozib qo’yilgan: har bir inson... vijdon va din erkinligi Huquqiga egadirq.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni - Konstitutusiyamizning 31-moddasida quyidagi satrlar bitilgan: hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. har bir inson hohlagan diniga et’iqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik Huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydiq.
Vijdon erkinligi deyilganda, ayni paytda fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, ularning teng Huquqliligi, barcha dinlarning qonun oldida tengligi, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslikka nisbatan Hech qanday majburiyatning yo’g’ligi, diniy tashkilotlar (masjid, cherkov, sinagog va H.k.) uchun majburiy yig’imlar to’plashning taqiqlanganligi, diniy e’tiqodlar tufayli o’zaro adovat va nafrat qo’zg'atishning taqiqlanishi kabi masalalar Ham tushuniladi.
Vijdon erkinligi demokratiyaning tarkibiy qismi Hamdir. Vijdon erkinligining kafolatlari nimalardan iborat? Bu kafolatlar ko’p qirralidir. Ular O’zbekiston Respublikasining qVijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risidaq gi qonunida ta'riflab berilgan. Bular:
- awalo, dinlarning va diniy tashkilotlarning davlatdan ajratilganligi;
- barcha fuqarolar uchun maorif va madaniyat eshiklarining ochiqligi;
- maktabning dindan va diniy tashkilotlardan ajratilganligi;
-ta'lim tizimining o’quv dasturlariga diniy fanlar kiritilishiga yo’l qo’yilmasligi;
-dindorlarning diniy ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan muayyan sharoitlarning yaratib berilganligi.

Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling