Glossariy avesto zardushtiylik dinini muqaddas kitobi. Aqidaparastlik


PAYG‘AMBAR - farishta jabroil orqali Ollohdan kelgan ko‘rsatma vahiyni qabul qilib olib, xalqqa etkazuvchi Ollohning Rasuli-elchisidir. PANISLOMIZM -


Download 35.26 Kb.
bet5/16
Sana25.02.2023
Hajmi35.26 Kb.
#1228041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
MANAVIYATSHUNOSLIK. GLOSSARIY

PAYG‘AMBAR - farishta jabroil orqali Ollohdan kelgan ko‘rsatma vahiyni qabul qilib olib, xalqqa etkazuvchi Ollohning Rasuli-elchisidir.
PANISLOMIZM - XIX asrning oxirlarida o‘rta SHarqda vujudga kelgan bo‘lib, musulmon mamlakatlarini yagona bayroq ostida birlashtirish g‘oyasini ko‘tarib chiqqan siyosiy oqim.
SAHIH - (arab. «sog‘lom, to‘g‘ri») ishonchli va to‘g‘ri deb topilgan hadis.
SUNNAT - Islomda Payg‘ambar s.a. o‘zlari qilgan amallari va musulmonlarga qilishni buyurgan amallar.
SUFIY - islomdagi mistik oqim sufiylikning vakili toat-ibodat bilan yashovchi
musulmon kishi.
SURA - (arab. «devor, to‘siq») Qur’onni tashkil etuvchi maxsus mazmunga ega bo‘lgan matnlar. Qur’onda jami 174 ta suralar bor.
SIYOSIY TERRORIZM - siyosiy maqsadlarni ko‘zda tutib, ta’qib qilish, zo‘ravonlik, qo‘poruvchilik, qotillik, qo‘rqitish usullari bilan hokimiyatni qo‘lga olish yoki uni saqlab turishni ifodalaydi. (Masalan XX asrdagi sobiq SSSRda bolshevizm yoki Gitler Germaniyasi va Italiyada fashizm terrori).
SUNNIYLIK - (ahli sunna val-jamoa) islomdagi yirik yo‘nalishi, jahon musulmon aholisining 92,5 foizini tashkil qiladi.
SEKULYARIZM - diniy-ekstremistik-g‘oyaviy manbaalaridan biri bo‘lib, islom siyosiylashuviga qarshi, dinning davlatdan ajralishini qo‘llab-quvvatlovchi oqim.
TERRORIZM - (lot. qo‘rquv, dahshat) yovuz maqsadlar Yo‘lida, siyosiy kurashning jamiyatda beqarorlik o‘rnatishga hamda aholida vahima va dahshat o‘yg‘otishga qaratilgan usul bo‘lib, qo‘rqitish yo‘li bilan o‘z hukmini o‘tkazib, davlatni qo‘latuvchi, hokimiyatga erishishda parokandalikka olib boruvchi usuldir. Bu yo‘lda suiqasd, ko‘poruvchilik, portlatish usullaridan foydalaniladi.
XALQARO TERRORIZM tushunchasida turli davlatlar, xalqaro tashkilotlar siyosiy partiyalarni beqarorlashtirish, xalqaro nufuz, obro‘ga ega bo‘lgan arboblarni qotil qilishga yo‘naltirilgan buzg‘unchi siyosiy harakat bo‘lib, hozirgi vaqtda alohida bir davlat yoki mintaqa doirasidan chiqib, xalqaro miqyosdagi uyushgan qo‘poruvchi, jinoyatchi tashkilot darajasiga ko‘tarilgan. (Masalan, «Al-Qoida» xalqaro terroristik tashkilot).

Download 35.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling