Glossariy avtoritar texnologiya


Download 47.33 Kb.
bet2/6
Sana23.04.2023
Hajmi47.33 Kb.
#1383192
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
XpCCJnKXwQ0VkbZMp2Y8WnKxYdVVpRB6Zbk9FlIw

Imitatsion о’yinlar – bо’lim, sex, korxona tashkilotning faoliyati-imitatsiya qilinadi. Imitatsion о’yinlar ssenariysi, hodisa syujetidan tashqari, imitatsiya qilinadigan jarayon va ob’yektlar tarkibi va ahamiyati haqidagi tavsilotlarni о’z ichiga oladi.
Individual yondashish – bu pedagogik tamoyilga kо’ra, pedagogik jarayonda pedagogning talabalar bilan о’zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi.
Individual о’qitish – bu о’quv jarayonini tashkil etishning shakli bо’lib, bunda pedagog va talaba yakkama-yakka о’zaro ta’sir kо’rsatadilar, talaba о’quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individual о’qitish – bu о’quv jarayonining tashkil etishning shakli bо’lib, bunda pedagog ta’lim oluvchilar bilan yakkama-yakka shug‘ullanadi, ta’lim oluvchi о’quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individuallashtirilgan о’qitish – bunday о’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida о’qitish yо’llari, usullari, sur’ati tanlanadi va turli о’quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta’minlanadi.
Interfaol - ingliz tilidagi «interact»(rus tilida «interaktiv») sо’zidan olingan bо’lib, lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – о’zaro, «act» – harakat qilmoq degan ma’nolarni anglatadi.
Ishlab chiqarish amaliyoti – kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va о’qitishninng sо’nggi oylarida о’tkaziladi.
Kompetentlik (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish
Kompetensiya-1) lotincha competere degan sо’zdan olingan bо’lib, “loyiq”, “mos kelmoq” ma’nosini beradi; 2) olingan nazariy bilim, amaliy kо’nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar majmuasini amaliyotga qо’llay olish qobiliyati va layoqati

Download 47.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling