Glossariy axborot infratuzilmasi


Download 25.58 Kb.
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1415112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Glossariy axborot infratuzilmasi

Ijtimoiy adolat – jamiyat barqaror va to‘la qonli rivojlanishi uchun o‘ta zarur omildir. U birinchidan, shaxs, jamiyat, davlat aloqadorligida tenglik va o‘zaro hamkorlikni taqozo etadi. Ikkinchidan, mazkur tamoyil shaxsning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ne'matlardan bahramand bo‘lishda teng huquqli bo‘lishini ta'minlashga qaratilgan mezonlar va kafolatlarning mavjudligini bildiradi. Ijtimoiy adolatni ta'minlash xar bir huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biridir.
Ijtimoiy soha ob'ektlari – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta'minlashga xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog‘liqni saqlash, maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin.
Ijtimoiy fikr – aholining muayyan guruhlari, qatlami, tabaqalarining voqyelikdagi turli hodisa va harakatlarga nisbatan baholovchi munosabatidir. Bunday baho ma'qullash, qoralash yoki betaraf pozitsiyada namoyon bo‘lishi mumkin.
Ijtimoiy hamkorlik – xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo‘lgan, turli millat, irq va dinga mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo‘lidagi hamjihatligi.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – mamlakat iqtisodiyotining xalqaro savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o‘z o‘rni va mavqyeini saqlab qolish va kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish layoqati bo‘lib, quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab chiqarilayotgan tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, mutlaq va nisbiy ustunliklarning mavjudligi.
Iqtisodiyotning real sektori – iqtisodiyotning bevosita moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq sohasi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, aloqa va boshqa xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini oladi.
Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari – insonga bekamu-ko‘st yashash imkoniyatlarini beruvchi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy sohalarda o‘zining imkoniyat va talablarini amalga oshirishni ta'minlovchi huquqiy maqom. Inson va fuqarolarning huquq hamda erkinliklariga rioya etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.
Inson omili – amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo‘nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki muhim jixatni o‘z ichiga oladi. Birinchi jihat O‘zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta'lim va sog‘liqni saqlash, nafaqa bilan ta'minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e'tiborini o‘zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o‘z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa'y-harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi.

Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling