Glossariy axborot infratuzilmasi


Download 25.58 Kb.
bet6/9
Sana30.04.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1415112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Glossariy axborot infratuzilmasi

Qonunchilik palatasi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko‘rsatishiga asoslanadi.
Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma'naviyatga ega bo‘lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma'naviy asosga ega bo‘ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do‘stlik va bag‘rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi.
Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari – mustahkam iqtisodiy asosga ega bo‘lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma'naviyma'rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o‘rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o‘tish konsepsiyasi.
Kuchli jamiyat – mustahkam negizning barqarorligi ta'minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat.
Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirishning muhim sharti sifatida maktab ta'limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va uzluksiz ta'limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 21 maydagi «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq kuchga kirgan. Mazkur Farmonga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 sentyabrda PF-3661-son Farmoniga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.
Modernizatsiya – ob'ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me'yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko‘rsatkichlariga moslashtirish.
Mustaqillik – (arabchadan - tobe emaslik, ixtiyori o‘zidalik, qaram emaslik) – erkin va ozod ravishda, boshqalarning rahbarligisiz ish yurita bilish. Mustaqillik barcha jabhalarda munosabatlarni me'yor-mezonga soladi, har qanday kamsitish, tobelikni inkor etadi. Mustaqillik – o‘zaro hurmat, bir-birlarini qadrlash, milliy va bashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish, keng dunyoqarash va erkin tafakkurga tayanib yashash, fikrlash, o‘z hayotini o‘zi tashkil etish imkoniyati va amaliyotini bildiradi.

Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling