Glossariy axborot infratuzilmasi


Kadrlar tayyorlash milliy dasturi


Download 25.58 Kb.
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1415112
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Glossariy axborot infratuzilmasi

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi – «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Dastur «Ta'lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimining jahon miqyosidagi yutuqlari asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Komil inson – ham milliy, ham bashariy mohiyatga ega bo‘lgan, odamzodga xos eng yuksak ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni hamisha ezgulikka undaydigan olijanob g‘oya asosida tarbiyalangan shaxs.
Konstitutsion burch – O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan, fuqarolar bajarishlari shart bo‘lgan majburiyatlardir.
Konstitutsion hukumat – demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjatkonstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta'minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham o‘zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta'minlaydi.
Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan yoki aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, referendum o‘tkazish talablariga muvofiq qabul qilingan va o‘zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub'ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan me'yoriyhuquqiy hujjat.
Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat'iy hukmron bo‘ladi. Ya'ni hyech kim, hyech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo‘ysunmasligi mumkin emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hyech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi.
Qonunchilik – 1) davlat tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishning asosiy usullaridan biri bo‘lib, davlat hukumati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) ijtimoiy munosabatlarni to‘la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig‘indisi yoki ijtimoiy munosabatlarning bir ko‘rinishi.

Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling