Glossariy (Glossery) Analogli model


Download 21.99 Kb.
bet6/7
Sana16.04.2023
Hajmi21.99 Kb.
#1361528
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossariy

Sof investitsiya deb ma’lum muddat ichida amortizatsion ajratmalar yig‘indisiga kamaytirilgan yalpi investitsiyalar yig‘indisiga aytiladi.
Tashkilot – bu umumiy maqsad yoki maqsadlarga erishish uchun faoliyatini ongli ravishda muvofiqlashtiradigan odamlar guruhi.
Tashkilot strukturasi – boshqaruv pog‘onalari va funksional sohalarning mantiqan tuzilgan shakli bo‘lib, unda tashkilot maqsadlariga samarali erishish ta’minlanadi.
Texnologiya – bu birlamchi materialni (xoh odamlar, axborot, moddiy buyumlar bo‘lsin) muvofiq mahsulot yoki xizmatga aylantirish jarayon ketma-ketligi.
Tashkil etish – bu texnik, iqtisodiy, ijtimoiy va shu kabi boshqarish tizimlarini tashkil etishni bildiradi.
Tashqi muhit omillarining o‘zaro bog‘liqligi – bu bir omil o‘zgarishining boshqa omillarga ta’sir etish kuchi darajasidir.
Tashqi muhitning murakkabligi – tashkilot e’tiborga olishi kerak bo‘lgan omillar soni, hamda har bir omilning variativlik (o‘zgaruvchanlik) darajasi.
Tashqi muhitning noaniqligi – konkret omil to‘g‘risida tashkilot ega bo‘lgan informatsiya miqdori funksiyasi, hamda bu informatsiyaga ishonchlilik funksiyasi hisoblanadi. Agar informatsiya kam va uning aniqligiga ishonch bo‘lmasa muhit noaniq bo‘ladi.
Tashkiliy qaror – bu rahbar egallab turgan lavozimi bo‘yicha vazifalarni bajarish uchun kilinishi kerak bo‘lgan tanlov.
Tashqi muhit texnologik tahlili ishlab chiqarish texnologiyasida o‘zgarishlar, boshqarishda va yangi tovar yoki xizmatlarni loyihalashda hisoblash texnikasini qo‘llash, aloqa vositalarida axborotni uzatish va uni tahlil qilishni uqtirib o‘tadi.
Tashqi muhit ijtimoiy omillari ijtimoiy boyliklar, axloqiy o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Bunga: yuksalgan milliy xissiyot tadbirkorlikka aholi asosiy qismining munosabati, jamoa harakatlarining rivojlanishi, ishlab chiqarishda boshqaruvchilar rolining o‘zgarishi va boshqalar
Tadbirkorona rejalashtirish qat’iy rasmiyatchilikka asoslangan tizimdan farq qilgan holda, qaror qabul qilish davrini reja davriga qat’iy bog‘lab qo‘yishni bartaraf etadi, bozorda yoki firmaning o‘zida o‘zgarishlar paydo bo‘lishiga qarab firma faoliyati yo‘nalishlarini o‘zgartiradi.

Download 21.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling