Glossariy (Glossery) Analogli model


Vazifa – bu avvaldan belgilangan uslubda va muxlatda bajarilishi kerak bo‘lgan ish yoki ishning bir qismi. Vakolat


Download 21.99 Kb.
bet2/7
Sana16.04.2023
Hajmi21.99 Kb.
#1361528
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossariy

Vazifa – bu avvaldan belgilangan uslubda va muxlatda bajarilishi kerak bo‘lgan ish yoki ishning bir qismi.
Vakolatbu biror shaxs, muassasa, tashkilot, davlat va shu kabilar nomidan ish qilish uchun berilgan huquq, vakillik huquqi.
Dastlabki nazorat ishni belgilashdan oldin qo‘llaniladi, bu asosan mehnat, material va moliyaviy resurslarga qaratilgan bo‘ladi.
Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko‘rsatkich hisobla­nadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq emas.
Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo‘jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo‘jalik xarajatlari bo‘lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog‘liq emas, balki davr, vaqt bilan bog‘liq.
Jismoniy eskirish – asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanish natijasida emirilishidir.
Joriy nazorat – ish davomida olib boriladigan nazoratdir. Joriy nazoratni amalga oshirish uchun boshqarish apparatiga teskari aloqa kerak.
Intilish – kishining ma’lum bir konkret ishni bajarishga nisbatan mavjud imkoniyatlaridir.
Ishchi muhit – bu boshqarish jarayoni yordamida tashkilotning ehtiyojlariga moslashgan hamma ichki o‘zgaruvchilarning to‘plami.
Ishchi kuchi harakati ---ishga qabul qilish va undan bo‘shash natijasida ishchi kuchi sonining o‘zgarishi .
Ichki o‘zgaruvchilar – bu tashkilot ichida bo‘ladi­gan vaziyatli omillar.
Innovatsiyabu yangi tovarlarni, xizmatlarni, texnologiyalarni va boshqarish jarayonlarini yuqoriroq sifatda ishlab chiqishdir.
Ishlab chiqarish zahiralari – bu ishlab chiqarish jarayonida ishlatish uchun tayyorlab qo‘yilgan mehnat buyumlaridir, bular: xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg‘i, energiya, sotib olingan yarim fabrikatlar va yig‘iladigan buyumlar, tara va tara materiallari, asosiy fondlarning joriy remonti uchun olib qo‘yilgan ehtiyot qismlardan tashkil topadi.
«Investitsiya» termini lotincha «invest» so‘zidan olingan bo‘lib, «qo‘yish», «mablag‘ni safarbar etish» ma’nosini anglatadi. Ammo kengroq ma’noda investitsiya – bu ko‘paytirib, qaytarib olish maqsadlarida kapitalni biror bir ishga kiritishni bildiradi. Ko‘pgina hollarda «investitsiyalar» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ham ta’riflanadi.



Download 21.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling