Glossariy (Glossery) Analogli model


Download 21.99 Kb.
bet3/7
Sana16.04.2023
Hajmi21.99 Kb.
#1361528
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Glossariy

Korxonani boshqarish – bu xo‘jalik rahbar organlari, korxona ma’muriyati hamda jamoat tashkilotlarining iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishishini ko‘zda tutgan holda kishilar jamoasiga, ular orqali ishlab chiqarishning moddiy-buyum unsurlariga, ularning o‘zaro amal qilishini uyushtirish uchun aniq maqsad yo‘nalishida tartibli ta’sir ko‘rsatishdir.
Liderlik – bu odamlarni ma’lum tarzda o‘zini tutishga majbur etib, ularning xatti-harakatiga ta’sir etishda rahbar tomonidan qo‘llanadigan vositadir.
«Loyiha» deyilganda butun dunyoda, resurslar va vaqt birligi bilan cheklangan, nazariy ishlanmalar bilan asoslangan va «loyihassikli» konsepsiyasi ko‘rinishida ta’riflangan belgilangan jarayonni tayyorlash va maqsadli faoliyatni amalga oshirish tushuniladi. Loyihassikli loyihani tayyorlash, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, amalga oshirish (muzokaralar, bajarish) va baholash bosqichlarini, shuningdek loyihani amalga oshirish natijalarini baholash mumkin bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p nuqtai nazarlar va mezonlarni qamrab oladi.
Moliyaviy investitsiyalar deganda turli moliyaviy vositalarga, ya’ni qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, tijorat banklariga kapital qo‘yish va boshqa kompaniyalar kapitalida ulushga ega bo‘lishga qaratilgan kapital qo‘yilmalar tushuniladi
Menejment fani – bu boshqaruvchiga tanlovni turi amalga oshirishini va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir.
Menejment – bu bozor iqtisodiyoti rivojlanishi talablariga to‘liq javob beradigan boshqarishning bir turidir.
Menejment – bu bozor iqtisodida amal qilayotgan korxonaning opti­mal xo‘jalik natijalariga ko‘p turli menejment mexanizmining ijtimoiy-iqtisodiy tamoyillari, funksiyalari va uslublarini qo‘llash asosida erishishga yo‘naltirilgan alohida kasb faoliyatidir.
Motivatsiya – ishlovchilarni keng demokratik asosida faollashtirish, ularni ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun samarali mehnat qilishga undash va jalb qilish maqsadlariga ega.
Muvofiqlashtirish – harakatlarning uzluksizligini ta’minlovchi menejmentning muhim funksiyasi. Muvofiqlashtirishning maqsadi – tash­kilotning hamma pog‘onalari o‘rtasida optimal aloqalarni (kommunikatsiya) o‘rnatish vositasida hamma bo‘limlarning muvofiq ishlashini ta’minlash. Bunda intervyu, hisobotlar, majlislar, kompyuter aloqalari, radio va televidenie vositalari keng miqyosda foydalaniladi.

Download 21.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling