Glossariy (Glossery) Analogli model
Programmalashtirilgan qaror
Download 21.99 Kb.
|
Glossariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalashtirish
- Rejalashtirishning rasmiyatchilik tizimi
- Strategik rejalar
Programmalashtirilgan qaror – bu matematik tenglamalarni echishdagi kabi, qadamlar va harakatlarning ma’lum ketma-ketligida amalga oshirish natijasi.
Raqobatbardoshlik - bu ma’lum bir bozorda o‘xshash ob’ekt bilan taqqoslanganda unga nisbatan ma’lum bir iste’molni qoniqish darajasini xarakterlovchi ob’ektiv xossadir.Foydali samara - bu aniq iste’molchi bilan yoki aniq ishni bajarish uchun foydalaniladigan ob’ekt majmuasi, sifat esa - bu bir necha iste’molchilar guruhi uchun potensial foydali samara. Rejalashtirish – bu istiqbolni ijodiy belgilash bo‘lib, unda faoliyat maqsadlari, uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan vositalar aniqlanadi, ma’lum sharoitlarda eng samarali hisoblangan uslublar ishlab chiqiladi. Ro‘yxatdagi xodimlar soni korxona ixtiyoridagi har kungi mavjud bo‘lgan mehnat resurslari salohiyati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi Raqobat omillari tahlili tashkilot rahbariyati tomonidan raqobatchilar harakatini doimiy nazorat qilishni taqozo qiladi. Tahlilda 4 ta zona belgilanadi: raqobatchilarning kelajak maqsadlarining tahlili, ularning joriy strategiyasi bahosi, raqobatchilarga nisbatan shart - sharoitlar bahosi va tarmoqlar rivojlanishi istiqboli, raqobatchining kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash. Rejalashtirishning rasmiyatchilik tizimi - rejalarni belgilangan rejalashtirish davrlarida qabul qilish, rejalashtirishning daraja va bo‘linmalari aniq ajratish, reja harakatlari ketma - ketligiga rioya qilishning kat’iy talablariga asoslanadi. Siyosiy omillarni hisoblash va tahlil qilish samarali strategik rejalashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu mohiyati bo‘yicha davlat va biznes orasidagi munosabatdir. Ular davlatni katta va kichik biznesga qonunlar, kodekslar, qarorlar chiqarish orqali ta’sir ko‘rsatishi bilan namoyon bo‘ladi, shuningdek davlatlar orasida savdo bo‘yicha kelishuvchanlik, bojxona siyosati, mahalliy hukumatning kredit siyosati va boshqalarda o‘z ifodasini topadi. Strategik rejalar korxonaning muammolari va imkoniyatlarni kelajakda bashoratlash uchun qo‘llaniladi, ular 2 - 3 yilga yoki 5 va undan ortiq yilga tuzilishi mumkin. “Strategiya“ so‘zi “stuategos “ grek so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “generalning san’ati“ ma’nosini bildiradi. U hozir ham o‘z ma’nosini harbiy terminlashtirishishda oliy harbiy boshliq tarkibining harbiy operatsiyalarini rejalashtirish san’atini bildiradi. Sof foyda – korxona ixtiyorida qoladigan foyda. U balans foydadan soliqlarni ayirish orqali aniqlanadi.Korxonada sof foydadan korxona texnik rivojlanishi, rezerv fondi va dividentlar uchun foydalaniladi. Download 21.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling