Osiyo taraqqiyot banki — Osiyo va Uzoq Sharq mintaqasiga
bevosita qarz La r berish hamda texnik jihatdan ko'makJashish orqali
mazkur mamlakallar iqtisodiyoti o'sishini rag'batlantirish
maqsadida 1966-yilda tashkil etilgan hank.
Samarali iqtisodiy siyosat - davlatning iqtisodiyotni barqaror
rivojlantirisliga qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va
o'zaro uyg'unlashtirilgan chora-tadbirlari majmuyi.
Soliqlar — davlat budjeti yoki mahalliy budjetlarga jismoniy
yoki yuridik shaxslar tomonidan tovar va xizmatlarni ishiab
chiqarganlari uchun yoki ishiab chiqarish omillaridan
foydalganliklari uchun majburiy to'lovlar.
277
Soliqlarni unifikatsiya qilish — soliq mexanizmini
soddalashtirish maqsadida iqtisodiy mohiyati, soliqqa torlish
obyekti o‘xshash bo'lgan soliq turlarini birxillashtirish.
Soliq imtiyozi — soliq to lovchUarniug ayrim toifalariga qonun
hujjallarida belgilangan tartibda sohq to'lashdan to‘hq, qisman va
vaqtincha ozod qilish shakli.
Preferensiya — iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish
va tartibga solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab
cliiqarish turlariga nisbatan bcriluvchi imtiyoz, afzallik va
ustuvorliklar.
Soliq krediti — budjetga to'lanishi lozim bo'lgan soliq
summasini ma’lum nuiddatga kamaytirish, kechiktirish, bo'libbo‘ lib to'lash yoki soliqni qaytarish shakli.
Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi — soliq solishning
ayrim toifadagi soliq to'lovchilar uchun belgilanadigan hamda
ayrim turdagi soliqlarni hisoblab chiqarish va to'laslming,
shuningdek, ular yuzasidan soliq hisobotini taqdim etislining
maxsus qoidalari qo'Uanilishini nazarda tutuvchi alohida tartibi.
Soliq stavkasi — soliqlarni hisoblashda soliq bazasining har bir
birligi hisobiga to'g'ri keladigan soliq ine'yoriui ifodalaydi.
Soliq yuki — mablag'lami boshqa foydalanish mumkin bo'lgan
yo'nalishlardan olib, soliqlarni to'lash uchun yo'naltirisli orqali
vujudga keladigan iqtisodiy cheklovlar darajasi bo'lib, odatda, soliq
to'lovchining muayyan davrda budjetga to'laugan soliqlar va
boshqa majburiy to'lovlarning yig'indLsi sifatida namoyon bo'ladi.
Mamlakat miqyosida soliq yuki darajasi soliqlarning yalpi ichki
mahsulotdagi sahuog'i orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |