Siklning simmetriklik koefitsiyenti
|
Minimal kuchlanish davrining maksimal kuchlanishlarga bog’liqligi.
|
Siklning minimal kuchlanishi
|
Sikl kuchlanishi algebraik kichikligi ifodasi.
|
Siljish moduli, ikkinchi tur elastiklik moduli
|
Sof siljishdagi materialning elastiklik xususiyatini xarakterlovchi kattalik. Kichik deformatsiyalarda ya’ni, Guk qonuni o’rinli bo’lganda urinma kuchlanish bilan siljish deformatsiyasi orasidagi chiziqli bog’lanish bo’lib, elastiklik moduli ushbu kattaliklarni xarakterlovchi proporsionallikni ifodalaydi.
|
Simmetrik sikl
|
Kuchlanish sikli bo’lib, bunda kuchlanishlarning maksimal (σmax yoki τmax) va minimal (σmin yoki τmin) qiymatlari modul jihatidan teng va qarama-qarshi ishorali bo’ladi
|
Sof egilish
|
Brusning shinday yuklanishiki, brusning ko’ndalang kesimida hosil bo’ladigan oltita ichki kuchlardan faqat bitta eguvchi moment noldan farqli bo’ladi.
|
Sof siljish
|
Brusning shunday yuklanish turiki bunda, brus ko’ndalang kesimlarida hosil bo’ladigan 6 ta bosh vektor va bosh momentlaridan tuzilgan ichki kuchlardan faqat ko’ndalang (qirquvchi) kuch noldan farqli bo’ladi.
Siljish burchagi
|