Motivlashtirish / Мотивирование / Motivation – bu ruhiy omil bo’lib, shaxs faolligining manbai, sababi, dalili va har xil turli ehtimollaridir.
Muammo / Проблема / Problem – bu murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat yechimini topish zaruriyati.
Murakkab tizim / Сложная система / Difficult system - Bu tizim ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibining murakkabligi bilan bog’liq. Bu yerda dastlabki axborot yuzaga keladi. Ishlov berishda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi.
Mutaxassislar / Специалисты / Specialists - iqtisodchilar, muhandislar, huquqshunoslar, dasturchilar va boshqalar bo’lib, ular ish tajribalari, malakalariga qarab, bosh, yetakchi, katta va oddiy mutaxassislar.
Naf / Прибыль / Profit - bu mahsulot yoki xizmatlarning iste’molchilarga qanchalik darajada ijobiy natija keltirishidir.
Narx (baho) / Цена / Price - tovar qiymatining puldagi ifodasi (shakli).
Nazorat / Контроль / Control – bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda bajarilish darajasi to’g’risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir.
Nazorat / Контроль / Control - qo'yilgan maqsadga erishish vositasi.
Nizo / Конфликт / Conflict – bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilgan holat, munosabat, ixtilof, nifoq
Nizo / Конфликт / Conflict — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi.
Noformal kommunikatsiya / Неформальная коммуникация / Unformal communication - bu rahbar atrofidagi shov-shuvlar, rahbarning xizmatga doir bo’lmagan shaxsiy aloqalari, norasmiy kaiallar bilan axborot almashuvlari.
Noiqtisodiy omillar/ Неэкономические факторы / Uneconomic factors maqsadli omillar, mehnatni boyitish omillari, daxldorlikni oshirish omillari.
O‘simlikchilik / Растениеводство / Crop planting – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, o‘z ichiga dalachilikda ekinlarni yetishtirish paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog‘dorchilik, mevachilik, bog‘dorchilik va shu kabilarni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |