Loyihani amalga oshirishni tashkil etish / Организация имплементации проекта / Organizing project implementation - aniq belgilangan maqsadni bajarish uchun tashkil etilgan vaqtinchalik tuzilma.
Loyihani tashkiliy tuzilmasi / Организационная структура проекта / organizational structure of project - aniq belgilangan maqsadga erishish uchun shakllantiriladigan vaqtinchalik tashkiliy tuzilma.
Madaniyat / Культура / Culture - rivojlanishi darajasining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi bo’lib, bir qancha ma’noni bildiradi.
Mahsulot birligi tannarxi / Себестоимость единицы прадукта / Product unit cost – ishlab chiqarish xarajatlarini natural ko‘rinishdagi yalpi mahsulot hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
Maqsad / Цель / Aim – bu muddao, murod, ya’ni u yoki bu niyatda erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu.
Maqsadlar shajarasi / Иерархия целов / Hierarchy of aims - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir.
Mativatsiyalash / Мотивирование / Motivation - o'z-o'zini va boshqalarni individual hamda tashkilotning umumiy maqsadlariga erishish yo'nalishidagi faoliyatni rag'batlantirish jarayoni.
Maxsus qarorlar / Специальные решение / Special decisions - tor doiradagi muammoga taalluqli bo’lib, korxonaning muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Maxsus strategiya / Специальная стратегия / Special strategy - bu sodir bo’lishi mumkin bo’lgan turli holatlarni, masalan, bankrotlik holatini bartaraf etish maqsadida uzoq muddatga tuziladigan strategiya
Mehnat birjalari / Трудовые биржы / Labor exchange markets - ish bilan ta’minlanmaganlarni tumandagi imkoniyatlarni e’tiborga olgan holda malakasini oshirish yoki kasblarini o’zgartirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshiradi.
Mehnat bozori / Трудовой рынок / Labor market – bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo’lgan va band bo’lmagan qismlari va ish beruvchilar o’rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida “mehnatga qobiliyatlarini” xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi hamda ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko’p aspektli, o’suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |