Sintez – alohida tarkibiy qismlarni bir butun qilib birlashtirish.
Umumlashtirish – predmet va hodisalarni biror xususiyatiga ko’ra bita tushunchaga birlashtirish.
Taqqoslash – predmet va hodisalar o’rtasidagi o’xshash va farq qiluvchi tomonlarini aniqlash.
Mavhumlashtirish – predmet va hodisalarning biror belgisini fikran ajratib olish.
Tushuncha – predmet va hodisalarning umumiy va maxsus belgilarini aks ettirish.
Hukm – predmet va hodisalarga biror belgining xos yoki xos emasligini tasdiqlash.
Xulosa chiqarish – ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukmlar keltirib chiqarish.
Til – kishilar o’rtasidagi aloqa vositasi.
Monolog – bir kishining o’ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi.
Dialog – ikki kishining o’rtasidagi nutqiy aloqa jarayoni.
Affektiv nutq – his-hayajon va kechinmalar aks ettirilgan nutq turi.
Ichki nutq – tafakkur bilan bog’liq tashqi nutqdan avval paydo bo’ladigan nutq turi.
Mustaqil o’zgaruvchilar – eksperiment jarayoniga katta, intensiv ta`sir o’tkazadigan ko’rsatkichlardir.
Tobe o’zgaruvchilar – bu o’rganilayotgan hodisalarning ko’rsatkichlari bo’lib mustaqil o’zgaruvchilarga bog`liq ravishda o’zgaradi.
Idora qilsa bo’ladigan o’zgaruvchilar – bu eksperiment davomida o’zgarmasligi nazorat qilinadigan ko’rsatkichlar.
Muammo- bilish ehtiyojini qondirishda tafakkur qilish sharti bo’lgan psixologik hodisa
Nazariya-ilmiy bilish shakllaridan biri hisoblanib, hodisalar orasidagi mantiqiy bog`liqlik yoki buning aksini isbotlab beruvchi ichki bilishning nutqiy ifodasidir.
Ilmiy faraz- bu xodisa yoki bir-biriga aloqador xodisalar o’rtasidagi qandaydir qonuniyat, sabablar mavjudligi to’g`risida (egallangan bilimlarga asoslangan holda ) bildirilgan taxmindir.
Tadqiqot predmeti- bu izlanish obekti chegarasidagi narsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |