Glossary psixodiagnostika atamasi psixologik tashxis qo‘yish


Download 21.9 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi21.9 Kb.
#1570795
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eksperimental xavf soluvchi omillar


GLOSSARY


Psixodiagnostika atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma’noni anglatib, shaxsning ruhiy holatiga oid to‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarini birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir.
Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.

Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning

mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.

Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‘rni aniqlanadi.


Test – shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar.
Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan savol va topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan o‘lchash.
Yetuklik testlari psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, konkret bilim, malaka va ko‘nikmalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlab beradi. Yetuklik testi uchga bo‘linadi: harakat testlari, og‘zaki va yozma testlar. Harakat testlari mexanizmlar, materiallar, asboblar bilan ishlash layoqatini aniqlab beradi.
Intellektual testlar – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, individning aqliy taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi.
Proyektiv test -motivatsiyaning anglanilmagan to‘liq anglanilmagan shakllarini o‘rganishga qaratilgan va bu jihati bilan inson psixikasining tobora intim sohasiga kirishning yagona psixologik metodidir.
Strukturalash proyektiv test metodlari- stimulni bezash, unga ma`no berish (Rorshaxning siyoh dog‘lari testi, bulutlar testi, uch o‘lchamli proektsiya testi).
Konstruktiv proyektiv test – bezatilgan qismlardan ma`noli bir butunlikni yaratish ( Mira testi);

Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling