Glossary psixodiagnostika atamasi psixologik tashxis qo‘yish


Interpretativ proyektiv test


Download 21.9 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi21.9 Kb.
#1570795
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Eksperimental xavf soluvchi omillar

Interpretativ proyektiv test - qandaydir voqeani, hodisani sharhlash (Tematik appertseptsion test);
Katartik proyektiv test – maxsus tashkil etilgan sharoitlarda o’yin faoliyatini amalga oshirish(Psixodrama);
Ekspressiv proyektiv test – erkin yoki berilgan mavzu bo’yicha rasm chizish (“Uy-daraxt –odam” testi;
Impressiv–boshqalariga nisbatan qaysidir stimulni afzal ko’rish (Lyusherning ranglarni tanlash testi).
Additiv proyektiv test – gapni, hikoyani, tarixni tugallash.(“Tugallanmagan gaplar” metodikasi.

Psixodiagnostikaning sir saqlash tamoyili – sinaluvchining ruxsatisiz olingan natijalarni e’lon qilmaslik, bu birinchi navbatda balog‘at yoshiga etgan odamlarga taalluqlidir. Agar sinaluvchilar balog‘at yoshiga etmaganlar bo‘lsa hamda psixodiagnostik natijalarni e’lon qilish uchun ota-onalar bolalar uchun ma’naviy va huquqiy mas’ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati bo‘lishi shart.


Psixodiagnostikaning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya’ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.
Ziyon yetkazmaslik tamoyili psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar yetkazish maqsadida foydalanmaslikni bildiradi.
Xulosalarning ob’yektivlik tamoyili test o‘tkazayotgan odamning sub’yektiv ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif qilinayotgan odamga yordam berishi shart. Test natijalari asosida taklif qilinayotgan tavsiyalar befoyda tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak.
Intellektual testlar shaxsning aqliy faoliyati rivojlanganlik darajasi va ularni alohida bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi.
Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini aniqlash, bunga: temperament, xarakter, motivatsiya, emotsiya va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar kiradi. Bundan tashqari shaxsda har tomonlama, shaxs holatini kompleks baholash alohida xususiyatining rivojlanganlik darajasini baholash testlari ham mavjuddir. Bunga Kettell, MMPI testlari va boshqa testlar kiradi.
Xususiy testlar yordamida shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan xarakter aktsentuatsiyasi, xavotirlik, lokus nazorati, yutuqqa erishish motivi, tajovuzkorlik va boshqalar aniqlanadi.

Download 21.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling