Go’daklarda ona sutining biokimyoviy ahamiyati z. R. Mamadaliyeva
Download 337.92 Kb. Pdf ko'rish
|
go-daklarda-ona-sutining-biokimyoviy-ahamiyati
www.scientificprogress.uz
Page 27 neyrogormonal muvozanatni saqlash mexanizmi bilan boshqariladi. Lakatsiyaning kuchli stimulyatorlardan biri-ko’krakning bola tomonidan so’rilishi va uning sut qoldiqlaridan yuqori darajada to’liq ozod bulish jarayonidir. Laktatsiyaning miqdoriga va sut tarkibining sifatli bo’lishiga onaning homiladorlik vaqtidagi va emizish davridagi ovqatlanishi katta ta’sir ko’rsatadi . Emizikli onaning oziq -ovqat mahsulotlari turli tuman bo’lib, ularning tarkibida to’la qimmatli oqsillar, yog’lar, mineral tuzlar, mikroelementlar vitaminlar bo’lishi kerak. Ayniqsa ona organizimiga oqsilning yetarli miqdorda kirishi katta ahamiyatga ega, chunki u sut oqsilining sintezi, shuningdek, fermentlar, gormonlar, immum tanachalarining manbai bo’lib hisoblanadi. Og’iz sutining umumiy tavsifi. Bola tug’ilganidan so’ng dastabki 2-3 kun ichida onaning sut bezi sarg’imtir rangli suyuqlik – og’iz sutini ajratadi. Og’iz sutida vitamin A E va K lar ham ancha ko’proq bo’ladi. Og’iz sutida taurin, nervlarni o’stiruvchi omil kabi moddalar ham ko’p miqdorda aniqlangan. Og’iz suti yetilgan sutga nisbatan laktoza, yog’lar, suvda eriydigan vitaminlar kamroq, lekin oqsil, mineral moddalar ko’proq bo’ladi. Oqillarning asosiy qismini immunoglobulinar tashkil qiladi. Ular yangi tug’ilgan chaqaloqlarning yetilmagan ichak yuzasini qoplab, himoya qatlamini hosil qilib, uni bakteriya, virus, parazit va boshqa patogenlar ta’siridan himoya qiladi. Ona suti bola uchun bebaho oziqa. Ona suti suyuq, yengil hazm bo’ladigan va kaloriyasi yetarli, turli mikroblardan holi, pishirishni va isitishni talab qilmaydigan tayyor oziqadir. Yangi tug’ilgan chaqaloq organizmi fiziologik jihatidan to’la yetilmagan, hazm qilish va moddalar almashinuvi yaxshi takomillashmagan bo’lgani uchun unga faqat ona suti mos keladi. Ona sutida 100 dan ortiq oziq moddalari bo’ladi, sut faqat miqdor jihatidan bola ehtiyojini qoplamay, sifat jihatidan ham bolaning Yoshi va sog’ligiga mos keladi. U o’z tarkibida hamma kerakli oziq moddalar- oqsillar, yog’lar uglevodlar, vitaminlar, tuzlar va mikroelementlarni tez o’suvchi bola organizmi ehtiyojlarini to’la qondira oladigan miqdorda saqlaydi, ular yengil hazm bo’ladigan nisbatda hamda tarkibi bola to’qimasi tarkibiga yaqin bo’ladi. Shu jihatlari bilan ona suti sigir sutidan tubdan farq qiladi. Ona suti va sigir sutining oqsillar bir xil aminokislatalardan iboratligiga qaramay, ulardagi hamma aminokislatalarning miqdori turlichadir. Bu faqat oqsillarning o’ziga xos sifati va tuzilishini belgilab beradi. Yetigan sutning tarkibi: Oqsillar-oziqa tarkibiy qismlardan odam organizmi uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki ular hamma hujayra va to’qimalarning asosiy tuzilishi birligi bo’lib hisoblanadi. Ularning ishtirokida organizimning hamma vazifalari – o’sish, modda almashinuvi, muskul faoliyati, ruxiy rivojlanish va boshqalar amalga oshadi. Laktatsiyaning birinchi oylarida ona suti chaqaloq uchun oqsillarning yagona manbayi hisoblanadi. Chaqaloqlar hayotining 4,5 -5 oylari mobaynida asosan ko’krak suti o’suvchi organizmning plastik materialga bo’lgan ehtiyojini qondiradi. Ko’krak sutida oqsillar miqdori 11,5 -20,5 g/l bo’ladi. Ona suti oqsilli albumin va immunoglobulinlarga boy. Ona suti oqsillari emizikli bolalar me’da shirasining past SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 337.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling