Go’daklarda ona sutining biokimyoviy ahamiyati z. R. Mamadaliyeva
Download 337.92 Kb. Pdf ko'rish
|
go-daklarda-ona-sutining-biokimyoviy-ahamiyati
www.scientificprogress.uz
Page 28 kislotaliligi sharoitida parchalanib ketadi va yengil o’zlashtiriladi. Sigir suti oqsillari sekin parchalanadi, bolaning hazm a’zosida katta kuchlanish talab etadi, hazm jarayonida anchagina ko’p qoldiq qoladi. Yog’ning biologik qiymati, avvalo uning yuqori kaloriyaligini o’z ichiga oladi. Yog’lar bilan birga bola yog’da eruvchi A, D, E, va K vitaminlarini qabul qiladi. Bundan tashqari yog’lar bilan birga organizmga fosfatidlardan -letsitin va uning tarkibiga kiruvchi xolin, shuningdek, sterinlardan – xolesterin kabi biologik muhim moddalar kiradi. Fosfatidlar yog’ning yaxshi hazm bo’lishiga va ularning to’g’ri almashinishiga yordam beradi. Yog’lar energiya bilan ta’minlash vazifasini bajarish bilan bir vaqtda, organizmning hamma to’qimalari tuzilishining shakillanishida ishtirok etadi. Yog’lar sut tarkibida emulsiyalangan holatda bo’lib, o’zlashtirishga tayyor, shuning uchun hazmlanish me’daning o’zidayoq boshlanadi. Uglevodlar ona sutida qand 6-5,7 % miqdorda bo’lib, u laktoza holida bo’ladi. Laktoza organizmda faqatgina energiya manbaiy bo’lmay, u shuningdek, hazm jarayonlariga va ichki mikroflorasi tabiatiga ta’sir ko’rsatadi, bifidobakteriyalarning ko’payishiga olib keladi. Bolalarda uglevodlarga bo’lgan ehtiyoj ularning Yoshi va energetik sarflariga bog’liq. Ona sutida oqsillar, yog’lar va uglevodlar bilan bir qatorda bolalar uchun zarur boshqa moddalar -mineral tuzlar, mikroelementlar va vitaminlar bor. Organizm uchun mineral tuzlarning ahamiyati judda katta, chunki ular faqat suyak to’qimasida ishtirok ertibgina qolmay, balki hujayra darajasidagi muhim almashinuv jarayonlarining boshqaruvchilari hamdir. Ular qon va to’qima hujayralari pH ning boshqaruvida ishtirok etadi. Minneral elementlar organizmdagi miqdoriga bog’liq holda makro mikroelementlarga bo’linadi. Makroelementlarga Co, P, K, Na, Mg va boshqalar kiradi. Mikroelementlarga Co, Cu, I, Zn, Mn, F va boshqalar kiradi. Temir makro va mikroelementlar o’rtasidagi oraliq o’rnini egallaydi. Bolalar ona suti bilan boqilganida hayotining 1- oylarida sutkasiga o’rtacha 0,135 g Na 0, 450 g K qabul qiladi, sigir sutida esa Na va K miqdorida mos ravishda 0,350 va 1, 270 g ga tengdir. Bolalik davrida temirga ehtiyoj sutkasiga 7-8 mg tashkil qiladi. Ona sutida temir 0,2 dan 0,8 mg% gacha bo’ladi, sigir sutida esa 2-3 marta kam bo’ladi.Yosh bolalarda Cu ga bo’lgan ehtiyoj sutkasiga 1-2 mg ni tashkil qiladi. Vitaminlar kimyoviy tabiati har xil organik birikma bo’lib, ovqatning noyob moddalari hisoblanadi. Vitaminlar ozganizmda yetishmasa moddalar almashunuvi buziladi, bu esa sog’liqni ishdan chiqishiga olib keladi. Ayol sutida hamma vitaminlar yetarli miqdorda bo’ladi va bola organizimi uchun doimiy va muhim vitamin mabayi hisoblanadi. Ayol sutidagi miqdori emizikli onaning ovqatlanish va yil mavsumlariga qarab o’zgarib turadi. Vitamin A ko’zning ko’rish quvvatini saqlash va normal o’sishi uchun zarur. Suta odatda karotin ham vitamin A ham bo’ladi, muhimligi odam organizimi karotinni vitamin A ga aylantira oladi. Oziq tarkibida karotin o’zgarib turadi, shuning uchun ham vitamin A sutda ham doimiy bo’lmaydi. Vitamin D ovqatda bu vitamin yetishmasa, suyaklarda kalsiy to’planishi susayadi, kalsiy va fosfor tuzlarining ichakda qonga o’tish tezligi pasayadi va buning oqibatida SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 8 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 337.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling