Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish


Download 259 Kb.
bet7/17
Sana01.04.2023
Hajmi259 Kb.
#1315490
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Go`shtdan taomlar tayyorlash

Kavkazcha kabob. Marinadlangan qo'y go'shti bo'laklari metall sixlarga qadalib, yog'lanadi va yonib turgan ko'mirli ko'rada pishiriladi. Pishirish jarayonida go'sht bo'laklari bir tekis qovurilishi uchun sixlar aylantirib turiladi. Suzib berishda kabob sixlardan chiqarilib, porsiyali idishga solinadi, yoniga qalamcha qilib to'g'ralgan ko'k piyoz yoki halqa qilib to'g'ralgan no'shpiyoz, yangi pomidor yoki bodringlar, bir yaproq limon qo'yiladi. Alohida idishda «Yujniy», «Ketchup» qaylasi va quritib, yanchilgan zirk beriladi.
Bug'lama go'sht. Porsiyali bo'laklarga ajratilgan go'sht to'qmoqlab yumshatiladi, tuz va chuchuk qalampir sepilib, qovuriladi, keyin idishga bir qavat qilib joylanadi-da, ustidan qaynatma yoki suv quyiladi, tomat pyuresi qo'shiladi va deyarli tayyor bo'lguncha dimlanadi. Shundan so'ng qaynatma bo'shatib olinib, chala qovurilib, suyultirilgan sabzavot solinadi va qaylapishiriladi. Go'sht dimlangan idishga qovurilgan kartoshka, palladia qilib to'g'ralgan, chala ovurilgan sabzavotlar (sabzi, piyoz, petrashka), yanchilmagan murch, dafna bargi solinadi, ustiga tayyorlangan vaju solinib, pishguncha dimlanadi. 42 Foydalaniladigan masalliqlar miqdori (g): mol go'shti-170 yoki qo'y go'shti - 175, yoxud go'shti - 147, eritilgan hayvon yog'i - 12, kartoshka - 193, sholg'om - 20, sabzi - 25, petrushka - 13, no'shpiyoz -30, tomat pyuresi - 15, bug'doy uni - 3. Tayyor mahsulot chiqishi - 325.
Bef-strogan. Somoncha qilib to‘g‘ralgan go‘shtga tuz, murch sepib, yaxshi qizdirilgan tovada jazlangan boshpiyoz bilan birga ikki minut qovuriladi. Smetana sardagi quyiladi, tomat pyure, Yujniy sardagi solib, ikki-uch minut qizdiriladi. Bef-stro­gan shu tovaning uzida maydalangan petrushka sepib beriladi,. Qayla uchun avval qaynatib, keyin qovurilgan kartoshka alo­hida beriladi.
Natural kotletlar. Cho‘chqa, quy yoki buzoq go‘shtidan tayyor­.langan kotlet qovuriladi. Iste’molga berishdan avval kotlet­ga yog‘, ostiga esa go‘sht seli quyiladi, qui go‘shtidan taiyerlan­gan kotletga bundan tashqari piyozli sut sardagi qo‘shib berigs ham muikin. Tozalangan suyakka papilyotka kiydirib quyila­.di. Buzoq va cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan kotlet qaylasiga odatda 2-3 xil masalliq (murakkab qayla) yoki kartoshka pyu­;re, qovurilgan kartoshka, sutli sardakda pishirilgan sabza­votlar ishlatiladi. Kuy go‘shtidan tayyorlangan kotlet qayla­siga g‘arg‘usha turuch, turlicha qovurilgan kartoshka, lovip quzogi yoki yog‘da pishirilgan loviya yoki murakkab qayla qilinadi.
Eskalop. Eskalop buzoq yoki cho‘chqa go‘shtidan tayyorlanadi. Eskalopga bir porsiyaga ikki donadan qilib, krutonlarga so­lib qovurilgan kartoshka, murakkab qayla qo‘shib beriladi. Eskalopni sardakda tayyorlab krutonlarda berish ham mumkin. Bunday holda eskalopga qovurilgan buyrak bo‘laklari, pomi­dor, qo‘ziqorin quyib, ustiga tomat sardak quyiladi.

Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling