Go’shtlarga mexanik pazandalik ishlov berish
Suxariga qo’sib qovurilgan buyrak (broshe)
Download 259 Kb.
|
Go`shtdan taomlar tayyorlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qovurilgan jigar.
Suxariga qo’sib qovurilgan buyrak (broshe). Buzoq buyragini ortiqcha yog‘ va pardasidan tozalab yuviladi, quritiladi va bo’ylamasiga kesib, ikki tomonga (kitobni ochgandek) ochiladi. Keyin Buyrakni unga bulab lezonga botiriladi va suxariga bulanadi. Tayyorlangan buyrakni sim yoki novda sixga tortib yoqqa cho‘mdirib qovuriladi va qovurish shkafida yetiltirib qovuriladi. Taom berish oldidan oddiy six shaklli six («atle») ga almashtiriladi. Qayla uchun yoqqa qovurilgan kartoshka (solomka) beriladi. Taom yashil salat bilan bezatiladi. Buyrakning, ustiga yashil yog‘ qo‘yiladi.
Qovurilgan jigar. Jigarni bir porsiyaga 1-2 bo‘lakdan qilib to‘g‘rab, ustiga murch, tuz sepiladi va unga botirib qovuriladi. Qayla uchun qovurilgan kartoshka, kartoshka pyure beriladi, iste’molga berayotganda ustiga yog‘ sepiladi. Jigar qovurayotganda qo‘yib ketmasligiga axamiyat berish kerak. Jigar 1 - 1,5 minut ortiqcha qovurilsa ham sifati yomonlashadi. Jigarga qovurilgan boshpiyoz qo‘shib yoki smetanali sardak qo‘yib berish mumkin. Ancha qattiq va biriktiruvchi to‘qimalari dag‘al go’sht bo’lagini yumshatish kerak bo‘lgandagina go‘sht dimlanadi. Kislota kollagenning parchalanishi va uning glyutinga aylanishini tezlashtiradi. Shuning uchun dimlaganda nordon sardaklar tomatpyure, nordon vino, marinadlangan meva va sharvatli rezavorlar ishlatiladi. Go‘sht dimlaganda dorinorlar (lavr yaprog‘i, murch, ba’zan dolchin, qalampirmunchoq, koriandr, arpabodyon, mayoran, zira) va xushbo‘y sabzavotlar (boshpiyoz, sabzi, selderey, petrushka) ishlatiladi. Vino va dorivorlar dimlash tugallanishidan 10 - 15 minut oldin solinadi. Go‘sht yirik bo‘lakli, porsiya bo’lakli yoki ancha mayda bo‘lakli qilib dimlanadi. Dimlash uchun sonning yon va tashqi tomonlari, mol go‘shtining kuragi, mayda tuyoqli mollarning esa asosan kuragi va to’shi ishlatiladi. Tayyorlangan go‘shtga tuz, murch sepiladi va qovuriladi. Sabzavot go‘sht bilan birga yoki alohida qovuriladi. Qovurilgan go‘sht va sabzavotlarni idishga solib, quruq sho‘rva qo’yiladi va dorivor solib yopiq idishda dimlanadi. Dimlangan go‘shtga qayla tayyorlash uchun kartoshka, sabzi, bryukva va boshqa dimlangan sabzavotlar hamda makaron ishlatiladi. Sabzavotlarni yirik «kubik» qilib to‘g‘rab qovuriladi va sardak bilan birga dimlanadi. Sabzavotlarni go‘sht bilan birga dimlash xam mumkin, lekin taomlarni ko‘plab tayyorlaganda qayla bilan go‘shtni porsiyalarga ajratish qiyinlashadi. Dimlangan go‘sht oddiy qayla bilan ham beriladi. Download 259 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling