Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar
Download 3.77 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10- mavzu Grafik formatlar
Nazorat savollari
1. O'lcham deganda nimani tushunasiz. 2. O'lchamni tasavvur qilish obyektning nimasiga bog'liq. 3. Teksturani qo'llash bizga nima beradi." 4. Tekstura rangi qanday tanlanadi. 5. Dizayn deganda nimani tushunasiz? 6. Qanday figuradagi nurlar obyektning chegarasi deb qabul qilinmaydi 10- mavzu Grafik formatlar GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati – kompyuter tarmog‘idagi eng keng tarqalgangrafik format, u tarmoqda birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan. Tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko‘p qismi GIF formati fayllaridir (1-rasm) 1-rasm GIF tasvirni zichlashga imkon beradi, tasvirlarni rang palitrasi 256 yoki undan kamroq rangni saqlaydi. Bu zichlash jarayoni sifatga ta’sir qilmaydi, ya’ni zichlashdan keyin olingan tasvir boshlang‘ich tasvir kabi bo‘ladi. Agar tasvir 256 dan ortiq rangga ega bo‘lsa, ularning soni chegaralangan qiymatgacha qisqartiriladi. Shuni takidlash lozimki, ranglar sonini qisqartirish bosqichida tasvir sifatiga zarar yetkazilishi mumkin. GIF da boshlang‘ich tasvirni zichlashda faylning o‘lchamini faqatgina palitradagi ranglar sonini 2 dan 256 gacha chegaralangan holda kichraytirish mumkin. Shunday qilib, GIF chegaralangan sonli ranglardan tarkib topgangrafik fayllarni zichlashda qo‘llanilsa, juda yaxshi natijalarga erishiladi. Bu grafik format tarmoqda logotip, matn, diagramma, grafik va chizmalarning tasvirini taqdim qilishda juda katta imkoniyatga ega. GIF formatining ikki varianti mavjud: GIF87a va GIF89a. U ishlab chiqaruvchilar Lempel, Ziv, Welch familiyalarining birinchi harflari bilan nomlangan LWZ zichlash usulini qo‘llaydi. GIF89a formati GIF87a formati standartiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, rangning tiniqligi (transparency), satrlararo yuklanish (interlased) va animatsiya kabi yangi imkoniyatlar bilan tuldirilgan. Rangning tiniqligi orqali har qanday fonga qo‘ysa bo‘ladigan ixtiyoriy tasvirlar yaratish mumkin. GIF89a da oddiy animatsiyaning qo‘llanilishi tasvirlar ketma – ketligini berilgan vaqt oralig‘ida siklik qaytarishi mumkin. JPEG (Joint Potographic Experts Group) grafik formati ko‘p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun muljallangan bo‘lib, foydalanish darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi grafik format hisoblanadi (2-rasm). 2-rasm. JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo‘lgan rangni saqlaydigan tasvirlarni zichlash imkoniyatini beradi. Bunday zichlash (siqish) tasvirning sifati yo‘qolishi (lossy compression) hisobidan sodir bo‘ladi. JPEG da boshlang‘ich tasvirni zichlashda “zichlash darajasi”ni juda keng chegaralarda boshqarish mumkin. Bu formatda “siqish darajasi” tasvir sifatini yomonlashuviga olib kelishini yodda tutish kerak, zichlash darajasiqancha yuqori bo‘lsa tasvirning ko‘rinishi boshlang‘ich tasvirga nisbatan shuncha ko‘p yamonlashadi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, JPEG juda ko‘p ranglarni, mayda rangli detallarni saqlovchi fototasvirlarning sifatli grafik fayllarrini zichlash uchun mos keladi. Bu format ko‘p hollarda tarmoqda sifatli tasvirlar va illustratsiyalarni taqdim qilish uchun qulay hisoblanadi. Avsuski, JPEG ranglarning tiniqligini qo‘llamaydi, bu esa uning qo‘llanish sohasini qisqartiradi. PNG grafik format Web – sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus yaratilgan siqish formati bo‘lib Deflate siqish algoritmidan foydalaniladi. Bu format GIF va JPEG formatlarining afzallik tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan. TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo‘lib “tegli tasvirlaydigan fayl” ma’nosini anglatadi. Bu grafik format yetarlicha murakkab bo‘lsa ham uning strukturasi ma’lumotlarni yozish va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyatga ega. Tasvirning raqamli ma’lumotlarini ifodalovchi barcha axborotlarboshqa ko‘pgina format fayllari singari uning boshlang‘ich qismida emas, balki maxsus bloklarda, tasvir parametrlarining ichki belgilashlarida saqlanadi. PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush hamda PhotoFinish dasturlarida qo‘llaniladi. Bu grafik faylining tuzulishi sodda va ranglar palitra hajmi bo‘yichachegaralangan bo‘lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha ommabop sanalib kelingan. BMP grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta bo‘lmagan piktogramma – tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi. Ushbu grafik format interfeyslarda keng qo‘llaniladi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling