Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar
Download 3.77 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Asosiy tushunchalar; Qo‘llanilish sohalari; Kompyuter grafikasi
Savol va topshiriqlar:.
Grafik tasvirlarni kiritish uchun kompyutеrning qanday qurilmalari ishlatiladi? Kompyutеr grafikasi nima? Uning nеcha turi bor? Vеktorli va rastrli grafikalarning asosiy elеmеntlari nimalardan iborat? Piksеllar nima? Rastrchi? Foydalanilgan adabiyotlar: Ahmedov A.,Taylaqov N. Informatika. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun darslik. - T.: O‘zbekiston, 2002. «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» T.X.Holmatov, N.I.Tayloqov. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashryoti 2001 y. «Informatika va axborot texnologiyalar» A.Sattorov. Тoshkent “O‘qituvchi” –2002. “Kompyuter bilan muloqotni o‘rganamiz” Sh.Narimov, M.Najmiddinov. Toshkent “Moliya” - 2002 y. Raxmonqulova S.I. IBM shaxsiy kompyuterlarida ishlash.Т., UUI, 1994Y ”Informatika fanidan amaliy mashqlar to‘plami” A.Mahmudov Farg‘ona 2003 y. 2-mavzu: Kompyuter grafikasining roli, qo‘llanilish sohalari.RejaAsosiy tushunchalar; Qo‘llanilish sohalari; Kompyuter grafikasi tushunchasi hozirda keng qamrovli sohalarni o’z ichida mujassamlashtirib, bunda oddiy grafik chizishdan to real borliqdagi turli tasvirlarni hosil qilish, ularga zeb berish, dastur vositasi yordamida hatto tasvirga oid yangi loyihalarni yaratish ko’zda tutiladi. Kompyuter grafikasi keng tarqalib borayotgan dasturiy ta'minotdir, ya'ni kompyuter grafikasi mavjud va yangi yaratilayotgan dasturlarga tayanadi. Zamonaviy kompyuter texnolgiyasida kompyuter grafikasi bilan ishlash eng ommobop yo’nalishlardan biri bo’lib bormoqda. Hozirda bu yo’nalish bilan hatto professional rassom va dzaynerlar ham shug’ullanmoqda. Ma'lumki inson axborotni eshitish va sezish a'zolariga nisbatan ko’rish a'zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo`ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob'ektlar: belgilar, oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi. Ma’lumotlarni grafik ko`rinishida tasvirlash ХХ asrning 50-yillarida dastlab katta EHM larda amalga oshirilgan edi. Asosan, harbiy va ilmiy izlanishlarda qo`llanilgan. Grafik ma’lumotlarni qayta ishlah texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarda 80-yillarda, keskin jadallashdi. Xozirga kelib shaxsiy kompyuter dasturida ishlash uchun foydalanuvchiga grafik interfeysi standart bo’lib qoldi. Bu inson psixikasi bilan juda bog’liq: aniqlik tezroq tushunishga imkon yaratadi. Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling