Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar


Download 3.77 Mb.
bet4/59
Sana17.09.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1680355
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Muxandislik kompyuter grafikasi.


Muxandislik grafikasi loyixa ishlarini avtomatlashtirish tizimi (LIAT) chizmachilik va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirish uchun xizmat qiladi. Muxandislik grafikasi o’z ichiga taxlil, sintez, modellashtirish, testdan o’tkazish, chizmachilik, real vaqtda boshqarish (ya’ni butun loyixalashtirish, avtomatlashtirishni tashkil qilishni) oladi va ikki asosiy vazifaviy xususiyatlar: ob’ektning qurilishi va u bilan manipulyatsiya qilish bilan ta’riflanadi.


3-mavzu Tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish, saqlash va sifat tushunchasi.
Reja:

    1. Tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish va saqlash, sifat tushunchasi.

    2. Grafikaning zamonaviy qurilma vositalari.

    3. Tasvirlarning turlari.

Tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritish yoki hosil qilish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Eng ko'p ishlatiladigan qurilma bu skanerdir. Hozirgi vaqtda raqamli fotokameralardan ham tasvirlarni kompyuter xotirasiga kiritishda keng foydalanilmoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo'l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo'yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo'yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o`tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.


Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o'zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, grafik obyektlar va fayllarda bo`lgan nografik obyektlar o`rtasida bog`lanish o'matish kompyuter grafikasi deyiladi.
Kompyuterlarda ishlatiladigan barcha tasvirlar quyidagi guruhlarga bo'linadi.



Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling