Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar
–mavzu Matn va o‘lcham, rang va o‘lcham
Download 3.77 Mb.
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rang va oʻlcham
9 –mavzu Matn va o‘lcham, rang va o‘lcham
Tekstura va o'lcham Teksturani qo'llash bizga yangi samarani yaratish, predmet tuzilishini murakkablashtirish, unga ma'no berish imkonini beradi. Biroq tekstura ham obyekt o'lchami tasavvuriga ta'sir etishini doimo hisobga olish kerak. 5-rasmda geometrik o'lchamli bir xil bo'lgan 2 ta kvadrat tasvirlangan. Ammo, shunga qaramasdan, chiziqlari gorizontal joylashgan kvadratga nisbatan "og'irroq", yirikroq ko'rinadi. Gorizontal yo'llari bor kvadrat yuqoriroq, balandroq ko'rinadi. Ushbu samara anchadan buyon ma’lum. Hatto eski jurnallarda semiz ayollarga vertikal yo'l-yo'l ko'ylaklarni kiyishni tavsiya etishgan - ular ayollar figurasini asli holidan ko'ra ozg'inroq qilib ko'rsatishini oʻqish mumkin. 5-rasm. Yorug'roq predmetlar kattaroq ko'rinadi: yorug' chiziqlar yo'nalishi ular yo'nalishi tomon uzunlashish illyuziyasini yaratish imkoniga ega. Amaliyotda bu hodisadan yetarli darajada tez-tez foydalaniladi. Obyektga ko'proq "barqarorlik" berish zarurati holida aniq ifodalangan gorizontal yo'nalishli teksturadan foydalaning (masalan, terilgan g'isht teksturasi). Agar teskari boʻlsa, gorizontal yo'nalishli teksturani moʻljallang. Teksturalar bilan yana bir qiziqarli effekt bog'liq. 6-rasmdagi birinchi tasvir bizdan uzoqlashayotganga o'xshaydi, ikkinchisi esa teskarisi, yaqinlashayotganga o'xshaydi. Bu effekt og fonda joylashgan barcha predmetlarning oq rangda "qiyshayotgan" ligi xususiyatiga asoslangan. Bundan radial gradient bilan ishlash amaliyotida qoʻllash va bilish zarur, uning asosida etarlicha ko'plab tryuklar yaratiladi. Shunday qilib, obyektni ifodalashda tekstura ham ijobiy, ham salbiy (uni to'g'ri tanlashda) rol o'ynashi mumkin. Bunday hol siz bilan bo'lmasligi uchun, unga alohida e'tiborberish lozim. 6-rasm. Oq va qora radial yo'l-yo'l chiziq ketma-ketligiga asoslangan effektlar: a) uzoqlashish; b) yaqinlashish. Rang va oʻlcham Bu o'lchamga bag'ishlangan eng murakkab qismdir. Gap shundaki, u tasavvur uchun nisbiydir. Ko'p hollarda biz barcha obyektlar orasidan eng yiriklariga qarab oʻrganganmiz, vaholanki buning uchun hech qanday sabab yo'q. Shunday qilib, birinchi va asosiy xossa: oq fonda qora obyektlardan ko'ra yorug' obyektlar qora fonda yirikroq ko'rinadi (7-rasm). 7-rasm. Oq orasida qora obyektlardan koʻra gora fonda oq obyektlar yirikroq ko'rinadi. Masalan, logotipda yorug'ligi bo'yicha bir-biridan kuchli farqlanadigan obyektlarni simmetrikligini aks ettirishda ushbu xossani hisobga olish zarur. Tomoshabinga ishingiz sifatli chiqmaganligini ko'rsatish uchun balki qora elementni kattalashtirishga to'g'ri keladi. 8-rasmda biz qora aylana radiusini 2% ga kattalashtirdik - bo'lmasa logotip o'ylangandek chiqmas edi. 8-rasm. Ushbu ishda aylanalar bir xilko'rinishi uchun qora aylananing diametri oq aylana diametriga nisbatan 25 ga kattaroq Download 3.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling