Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar


Download 3.77 Mb.
bet33/59
Sana17.09.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1680355
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Fon qo‘yish
Tayyorlamoqchi bo‘lgan prezentatsiyamizni qanchalik darajada kishi e’tiborini jalb qilishi uning foniga bog‘liqdir. Fon o‘rnatishda Power Point dasturining tayyor shablonlaridan ham foydalanish yoki o‘zimiz tayyorlagan ixtiyoriy rasmni fon sifatida foydalanishimiz mumkin. Power Point dasturining tayyor shablonlaridan foydalanish uchun formatlash uskunalar panelida joylashgan «Konstruktor» - slaydlar quruvchisi uskunasini tan-laymiz. Natijada topshiriqlar panelida «Slayd dizayneri» paydo bo‘ladi. Biz esa «Slayd dizayneri» panelidan «Shablon oformleniya» bo‘limini tanlaymiz. Ko‘p holda avtomatik tarzda shu bo‘limning o‘zi tanlangan holatda bo‘ladi. «Shablon oformleniya» bo‘limining pastki qismida turli xil ko‘rinishda shablonlar joylashgan bo‘ladi (9 – rasm). Ulardan o‘zimizga yoqqanini sichqoncha yordamida tanlab slayd uchun qo‘llashimiz mumkin.

9-rasm. Slaydga tayyor shablonlardan fon qo‘yish oynasi.
Bundan tashqari «Svetovie sxemi» bo‘limidan rangli chizmalardan fon sifatida foydalanishimiz mumkin (10 – rasm).

10-rasm. «Svetovie sxemi» bo‘limidan fon qo‘yish oynasi.
Oynaning pastki qismida «Izmenit svetovie sxemi» bandini tanlab, ochilgan oynadan o‘zimiz xohlagan ranglar majmuasini sozlashimiz va kerakligini tanlab olishimiz mumkin (11– rasm).

11-rasm. «Svetovie sxemi» bo‘limidan ranglarni sozlash.

Power Point dasturida qo‘shimcha elementlar bilan ishlash.


Rasm chizish
Power Point dasturida grafik rasm chizish uchun «Risovaniye» panelidan foyidalaniladi (12- rasm).

12-rasm. «Risovaniye» paneli
Bu panel orqali hosil qilingan obyektlarni har birini xossalari mavjud bo‘lib, ular shu obyekt ustiga kelib sichqonchaning o‘ng tugmasini bosganda hosil bo‘lgan menyudan «Format avtofiguri» qismini tanlaganda chiqadi va u orqali biz shu avtofigura uchun hamma xossalarini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘lamiz.
Slaydga rasmlar joylashtirish


  1. Power Point dasturining o‘zida bo‘lgan rasmlar to‘plamidan biror rasmni joylashtirish uchun «Standartniy» panelidan «Dobavit kartinku» tugmasini bosib, kerakli rasmni tanlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. «Dobavit kartinku» tugmasini bosganda quyidagi oynani ekranda ko‘ramiz (13–rasm).


13-rasm. Slaydga tayyor rasmni joylashtirish oynasi.
Bu oynadan kerakli rasmni tanlab «Vstavit» tugmasi bosilsa tanlangan rasm slaydga joylashadi.
2. Agar o‘zimiz hosil qilgan yoki biror faylda turgan rasmni slaydga joylashtirmoqchi bo‘lsak, menyuning «Vstavka» bandidan «Risunok» bandi va bu banddan «Iz fayla...» qism bandini tanlasak, quyidagi oynasi hosil bo‘ladi (14–rasm).

14-rasm. Saqlangan fayllar orqali rasm tanlash oynasi.
Bu yerdan kerakli faylni tanlab «Dobavit» tugmasi bosilsa tanlangan rasm matnda qo‘yiladi.

Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling