Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar


Slaydga obyektlarni joylashtirish


Download 3.77 Mb.
bet34/59
Sana17.09.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1680355
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Slaydga obyektlarni joylashtirish
Power Point dasturida Windows qo‘llab quvvatlagan har qanday obyektni slaydga joylashtirish mumkin. Buning uchun Power Point dasturi menyusining «Vstavka» bandidan «Obyekt...» qismi quyidagicha tanlanadi (15-rasm).

15-rasm. Slaydga obyektlarni joylashtirish oynasi.
Bu oynadan slaydda joylashtiriladigan obyekt turi tanlanadi va «OK» tugmasini bosib, kursor turgan joyda obyekt joylashadi va uni o‘zgartirish uchun shu obyektning muxarriri ochiladi.
Agar biz matnga oldindan tayyorlangan obyektni joylashtirmoqchi bo‘lsak, shu oynadan «Sozdaniye iz fayla» bandini yuklatib, obyekt saqlangan faylni ko‘rsatishimiz kerak va OK tugmasi orqali ushbu obyekt matnimizga qo‘yiladi.
Ovoz yoki filmlar o‘rnatish
Power Point dasturi prezentatsiyalarga ovoz va filmlarni biriktirish mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tamiz. Buning uchun «Vstavka» menyusiga kiramiz va bu menyudan «Filmi i zvuk» bo‘limini tanlaymiz. Natijada o‘ng tomoniga yangi menyu ochiladi. Bu menyuda quyidagi bo‘lim va buyruqlar joylashgan (16 - rasm).


16-rasm. Ovoz va filmlarni o‘rnatish oynasi.
Misol tariqasida fayldan ovoz o‘rnatishni ko‘rib chiqaylik. Buning uchun «Zvuk iz fayla» bandini tanlaymiz. Natijada ovozli fayllarni qidirib topish muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Ushbu oynadan biror bir ovozli faylni tanlab «OK» tugmasini bosamiz. Natijada so‘rov muloqot oynasi paydo bo‘ladi. Agar ushbu so‘rov oynasidan «Avtomaticheski» tugmachasini tanlasak qo‘yayotgan ovozli faylimiz namoyish boshlanishi bilan avtomatik tarzda ishlaydi. Agar «Po shelchku» tugmasini tanlasak qo‘ygan ovoz faylimiz sichqoncha yordamida ishga tushirmaguncha ishlamaydi. Sichqoncha yordamida ishga tushirish degani ovoz tugmasini ustida sichqonchani chap tugmachasini bir marta bosamiz.
Power Point dasturida prezentatsiyalarga o‘zingiz ovoz bermoqchi bo‘lsangiz «Pokaz slaydov» menyusidan «Zvukozapis» bandini tanlaymiz va ochilgan oyna yordamida uni sozlaymiz (17-rasm).

17-rasm. Ovoz berish oynasi.
Jadval qo‘yish

Power Point dasturida boshqa dasturlardagi kabi jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlarni ham kiritish va ularni taxrirlash mumkin. Bu standart uskunalar panelidagi quyidagi piktogrammalar yordamida amalga oshiriladi:


 MS WORD MS Excel tugmachalardan birini tanlab olinadi yoki jadvalli slayd tanlanadi;
 jadvalning kerakli ustun va satr parametrlari tanlab olinadi va ekranda xosil bo‘lgan jadvalga sonli va matnli qiymatlar kiritiladi;
 jadvalga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa, jadval faollashti-riladi, ya’ni sichqonchaning ko‘rsatkichi jadval ustida ikki marta bosiladi;



Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling