Grafik ob’ektlar haqida ma’lumotlar. Kompyuter grafikasi tushunchasi. Tayanch iboralar


Power Point dasturida elektron darsliklar yaratish


Download 3.77 Mb.
bet36/59
Sana17.09.2023
Hajmi3.77 Mb.
#1680355
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
Документ Microsoft Word

5. Power Point dasturida elektron darsliklar yaratish

Elektron o‘quv adabiyotlarini yaratishda hozirgi kunda asosan quyidagi dasturiy paketlardan foydalanilmoqda: HTML; Macromedia Dreamwesver MX; Macromedia Authoware Professional; Page Whiz; 3ds Studio Max; Microsoft Publisher; Power Point.


O‘quv jarayonida fanlarni o‘qitishda quyidagi elektron o‘quv materiallarini ishlatish ko‘zda tutilmoqda: ma’ruzalarni namoyish etish; videodarsliklar; videofilmlar; elektron darsliklar. Elektron darsliklar modullilik tamoyili bo‘yicha quriladi va o‘z ichiga matnli, audio qismni, grafikani ya’ni, statik sxemalar, chizmalar, jadvallar va rasmlar, animatsiyani, tabiiy videoyozuvlarni, hamda interaktiv blokni oladi. Kompyuter animatsiyasini ishlatish o‘quv jarayonini qiziqarli, yorqin va yanada samaraliroq o‘tkazish imkonini beradi. Elektron darsliklarda interaktiv qism muhim rolni o‘ynaydi. Interaktiv materiallar alohida modulga yig‘ilgan, unga murojaat qilish fanning istalgan qismidan mumkindir. Fanni o‘qitishni turli bosqichlarida - joriy, oraliq yoki yakuniy bosqichlarda, treninglarda va testlarni o‘tkazishda - bilimlarni o‘z-o‘zidan nazorat qilish vositasi bilan o‘qitish uchun elektron o‘quv qo‘llanmallari muhim rolni bajaradilar.
Power Point dasturida yaratilgan elektron darsliklar ovoz va animatsiyadan samarali foydalanish imkonini beradi.
Elektron darsliklarni yaratishda foydalanuvchi uchun qulaylik yaratish maqsadida dasturda maxsus boshqaruvchi tugmalar berilgan bo‘lib ular yordamida darslikni varoqlashda qulaylik yaratamiz. Buning uchun «Pokaz slaydov» menyusidan «Upravlyayushiye knopki» bandi orqali o‘zimizga kerakli tugmalarni har bir slaydga joylashtiramiz (22- rasm).

22-rasm. Slaydga boshqaruvchi tugmalarni qo‘yish oynasi.

Elektron darslikdan foydalanayotganda o‘zimizga qulaylik yaratish, xohlaganimizcha uni sahifalariga oson o‘tishimiz imkoniyatini yaratishimiz kerak. Boshqaruvchi tugmalar orqaga va oldinga varoqlashda va mundarijaga murojat etishda elektron darslikning kerakli bobiga, sahifasiga o‘tish, jadvallar va rasmlar tasvirini yanada qulay ko‘rishimizda bizga qulaylik yaratadi. Tugmalar bosilganda ovozli effektlarni ham berishimiz mumkin




Download 3.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling