GRAMMAR
Essential grammar in use (Raymond Murphy)
Ingliz Tili │Noldan @noldan_ingliz tili
Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy
Ingliz tili | Noldan
1
UNIT 1: am/is/are
— To be fe'lining hozirgi zamon shakli am/is/are hisoblanadi.
To be fe'li mavjud, bor degan ma'nolarni anglatadi.
— Kishilik olmoshlari:
I - men
he - u (erkak)
she - u (ayol)
it - u (jinsi noma'lum)
we - biz
you - siz, sizlar
they - ular
— Am/is/are darak gapda yuqoridagi kishilik olmoshlaridan so'ng qo'yiladi.
• I am a doctor - men shifokorman.
I (men) - ega, a doctor (shifokor) - kesim.
— O'zbek tilidagi kabi ingliz tilida ham kishilik olmoshlari 1-, 2-, 3-shaxslarga va
birlik hamda ko'plikka bo'linadi.
— Am faqat 1-shaxsda va faqat birlikda ishlatiladi:
• I am a doctor.
Ingliz tili | Noldan
Raymond Murphy
Ingliz tili | Noldan
2
— Is faqat 3-shaxsda va faqat birlikda ishlatiladi:
• He is rich - U boy.
— Are 2-shaxs birlikda (siz) va barcha holatdagi ko'plikda ishlatiladi:
• You are poor - Siz kambag'alsiz.
• We are friends - Biz do'stlarmiz.
• Ann and l are very good friends - Ann va men juda yaxshi do'stmiz.
• They are Avstralian - Ular Avstraliyaliklar.
— Agar gap inkorni ifoda qilsa, am/is/are dan so'ng not (emas) so'zi qo'shiladi:
• It is not cold - U sovuq emas.
— Am/is/are va not so'zlari muomalada o'zidan oldingi ba'zi turdagi so'zlarga qo'shilib,
qisqartirib aytilishi mumkin:
• I'm (I am), he's, she's, it's, we're, you're, they're, isn't, aren't va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |