Grammatika. O‘zbek tilida sinonimlar


Download 17.45 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi17.45 Kb.
#1723782
Bog'liq
Sinonim


Sinonim- bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.
Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan soʻzlar guruhi Sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma Sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet... Sinonimik qator esa kup suzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.
Sinonimik qatordagi bir soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... Sinonimik qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
GRAMMATIKA. O‘zbek tilida sinonimlar.
Sinonimlar (qadimgi yunoncha: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.
Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan soʻzlar guruhi Sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator 2 va undan ortiq soʻzdan tashkil topadi. Mas, buloq — chashma Sinonimik qator 2 soʻzdan, yuz, aft, bashara, bet... Sinonimik qator esa kup suzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq Sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.
Sinonimik qatordagi bir soʻz bosh soʻz (asosiy soʻz) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va sh. k. xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi hamda xuddi shu xususiyatlariga koʻra tilda boshqalariga nisbatan keng qoʻllanadi. Chiroyli, goʻzal, husnli, husndor, xushroʻy, koʻhli, zebo, suluv, sohibjamol... Sinonimik qatorda chiroyli soʻzi shunday belgilarga ega va bosh soʻz hisoblanadi. Qolgan soʻzlar esa har biri oʻziga xos belgixususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi: goʻzal soʻzi belgini kuchli (yuqori) daraja bilan ifodalaydi; barno, zebo soʻzlari koʻproq kitobiy uslubga ega, suluv soʻzi esa nisbatan kam qoʻllanadi va h.k. Nutqda sinonimlarning har biridan ularga xos belgi, xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Sinonimlar(ma’nodosh so’zlar) – shakli har xil, ma’nosi bir – biriga yaqin bo’lgan so’zlar. Sinonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi barcha so’z turkumlarida sinonimlik mavjud. Sinonimik qatordagi asosiy so’z dominanta deyiladi. U uslubiy betaraf bo’ladi: masalan: yuz, chehra, jamol, bashara, turq. Yuz – dominanta, asosiy so’z, u uslubiy betaraf. Chehra, jamol – ijobiy bo’yoqdor so’zlar. Bashara, turq – salbiy bo’oqdor so’zlar. Leksik (lug’aviy) sinonimlar– so’zlar sinonimligi. Lug’aviy sinonimlar o’z ichiga ikkiga bo’linadi: 1) to’iq sinonimlar – o’zlashgan so’zlar sinonimligi: tilshunoslik - lingvistika, doston - poema, amr - farmon - buyruq, bahor - ko’klam, kosmos - fazo… 2) ma’noviy sinonimlar – so’zlar bir - biridan nozik ma’nosi bilan farq qiladi: nam-ho’l-shalabbo, taqillatdi-dukillatdi-gursillatdi… Frazeologik sinonimlar– iboralar sinonimligi: qo’lni yuvib qo’ltiqqa urish-hafsalasi pir bo’lish; kayfi uchib ketdi-yuragi yorilayozdi, og’zi qulog’ida-boshi osmonda-hursand… Grammatik sinonimlar– Grammatik vositalar sinonimligi: kelgani (-ga, -dan, uchun) hursand ; yangiliklar (-ni, -dan, haqida) gapiring; mehmonlar (-ning, -dan) ulug’i; kel (-yapti, -ayotir, -moqda)… Sinonim so’zlar agar ko’p ma’noli bo’lsa bir necha sinonimik qatorda ishtirok etishi mumkin: o’rin - joy, o’rin - mansab; bitirda - tugatdi, bitirdi - yo’q qildi… Bir o’zakdan yasalgan so’zlar ham o’zaro sinonim bo’lishi mumkin; chopqir - chopag’on, baodob - odobli.. Tub so’z yasama so’z bilan sinonim bo’la oladi: his - sezgi; savol - so’roq… Antonimlar (zid ma’noli so’zlar)– qarama – qarshi so’zlar. Antonimlar bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi. Son, olmosh, yordamchi so’zlarda antonimlik munosabati yo’q. Leksik antonimlar– so’lar antonimligi: yaxshi - yomon, katta -kichik, kun -tun… Frazeologik antonimlar– iboralar antonimligi: labi labiga tegmaydi – og’ziga cho’p slogan, yerga ursa ko’kka sapchiydi – qo’y og’zidan cho’p olmagan… Affiks antonimlar– qo’shimchalar antonimligi: ba-be, -li, -siz… Anotimlikni yuzaga keltiruvchi uch asosiy belgi: a) shakliy jihatdan har xillik; b) ma’noviy jihatdan har xillik; c) ma’nodagi o’zaro zidlik; Muayyan so’z sinonimik qatordagi har bir so’z bilan alohida – alohida antonimlik hosil qila oladi: xunuk-chiroyli, go’zal, zebo… Bir so’z agar u ko’p ma’noli bo’lsa, har bir ma’nosi bilan alohida antonimlik hosil qilishi mumkin: qattiq – yumshoq, qattiq – saxiy… Antonimlar adabiyotdatazodatamasi bilan yuritiladi. Omonim so’zlar (shakldosh so’zlar)– shakli bir xil, ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar. Adabiyotdatajnisatamasi bilan yritiladi. Leksik omonimlar– so’zlar omonimligi: kul, kuy, tosh, tuz, qovoq, soch, oq, un, toy, asar, quymoq, erish, chang, bahr… Frazeologik omonimlar– iboralar omonimligi: boshga ko’tarmoq (hurmat qilmoq, to’palon qilmoq); ko’z yummoq (vafot etmoq, e’tiborsizlik qilmoq); dam bermoq (hordiq, havo yubormoq, damini berib tashlab ketmoq)… Affiks omonimlar– qo’shimchalar omonimligi: -m (egalik qo’shimchasi, so’z yasovchi qo’shimcha); -ni (ot, sifat yasovchi qo’shimcha, shakl yasovchi qo’shimcha); -q (ot va sifat yasovchi qo’shimcha)… Tasviriy ifodalr omonimligi- ilm maskani – maktab, oliygoh; qora oltin – ko’mir, neft; aql gimnastikasi – shaxmat, matematika; asr vabosi – SPID, giyohvandlik, sevgi… Omonimlar bir yoki bir necha so’z turkumi doirasida yuzaga kelishi mumkin: a) bir turkum doirasida: son, rasm, qovoq, bog’, suz, tuy (ot va fe’l); b) ikki turkum doirasida: tut, sol, ol, tur, soch, qur, qo’r, terma; c) uch turkum doirasida: tom, hur, tik, oshiq. Omonimlik bir so’z turkumi doirasida bo’lsa, Grammatik shakllar qo’shilsa ham, omonmlik saqlanadi: tortdim (sudradim); tortdim (o’lchadim); siri (davlat siri); siri (idish siri). Omonimlik bir necha so’z turkumi doirasida bo’lsa, Grammatik shakllar qo’shilsa omonimlik yo’qoladi; o’t, otkabi so’zlarda qo’shimcha yo’qolgach, omonimlik qisman yo’qoladi; ya’ni o’t so’zi maysa, olov, tan a’zosi ma’nosida saqlanadi, lekin fe’l ma’nosi yo’qoladi. Omonim va ko’p ma’noli so’zlar kontekstda (gap, matnda) odatda bitta ma’noni ifodalaydi:Tutdaraxtini ekdim. Paronimlar– aytilishi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar: asr-asir, bormoq-barmoq, chopon-cho’pon, nufuz-nufus, adl-adil, dovon-devon, oriq-ariq… paronimlar bir yoki bir necha so’z turkumi doirasida hosil bo’ladi. Orfoepiya qoidasiga rioya qilmaslik natijasida paronimlar yuzaga kelishi mumkin.
Download 17.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling