bir davrda ingliz tili qo’shma gaplarining tarjimalari rivojlanmoqda. Ingliz tili iboralarining,
so’zlarining o’zbek tili va boshqa tillarga kirib kelishi buning isbotidir. Ingliz tilini o’rganish
hozirda O’zbekistonlik yoshlar oldida turgan dolzarb masaladir. Hozirda dolzarb bo’lgan bu
masala qadim bobokalonlarimiz asarlaridayoq kun tartibiga qo’yilgan edi. Bunga misol qilib
И.А.Каримов. « Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш- мамлакатни баркарор тараккий эттириш ва
модернизация килишнинг энг мухим шарти» мавзусидаги халкаро конференциянинг осилит маросимидаги нутки. 2012 йил.
5
Forobiyning yetmishdan ortiq tilni bilganligi, Usmon Nosirning butun bir asarni yoddan tarjima
qilganligini va Navoiy hamda boshqa olimlarning ikki tilda ijod qilganligini ko’rsatib o’tishimiz
joiz.
Har bir inson o’zicha takrorlanmasdir, uning hayoti yashayotgan jamiyati bilan chambarchas
bog’liq ekan, u o’z nutqida o’sha davr taraqqiyotini aks etadigan nutq birliklarini qo’llaydi va
bularning tahlili kelajak avlod uchun ma’naviy ozuqadir. Shuningdek, adabiy tilimizning
boyishida chetdan kirib kelgan so’zlarning roli katta. Chunki, ijtimoiy-siyosiy hayotimizda ro’y
beradigan hodisalar, odatda, birinchi navbatda, lisoniy tizimimizda o’z aksini topadi.
Qo’shma gaplarni tekshirish ob’yekti bo’lgan va bunda ancha qimmatli hamda qiziqarli
material berilgan, hayot taraqqiyoti bilan qadam-baqadam yurishini ta’minlovchi sintaktik
birliklar, ularning ingliz va o’zbek tilidagi tarjimalari berilishi, ularni o’rganish ob’yekti hozirgi
kunda dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: