Grammatikalar sintaksis bo'yicha darslik va tarjimashunoslik fanidan o'quv qo'llanmalar yaratishda material sifatida xizmat qilishi tabiiy


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/76
Sana02.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#190585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76
Bog'liq
ingliz tilidagi qoshma gaplarning ozbek tilidagi qiyosiy tahlili

Bitiruv  malakaviy  ish  metodi.  Tadqiqotda  qo’yilgan  masalani  yoritishda  hozirgi  davr 

tilshunosligida  keng  tarqalgan  qiyosiy,  sinxron  tasviriy,  statistik  va  struktur-semantik 

metodlardan  foydalanildi.  Shuningdek,  ingliz  va  o’zbek  tilshunosligida  keyingi  davrda 

ustozlarimiz;  Dots.R.  Qiyomov  va  Dots.  S.  Egamberdiyevlar  qo’lga  kiritilgan  yutuqlar  ushbu 

tadqiqot uchun nazariy manba bo’lib xizmat qildi. 



 



Bitiruv  malakaviy  ishning  ilmiy  yangiligi.  Ingliz  tili  qo’shma  gap  birligining  qo’llanishi 

maxsus tadqiq etilmagan. Qo’shma gaplarning bir qirrasi -ingliz tili qo’shma gaplarining o’zbek 

tilida berilishi xususiyatlari diqqat markazda bo’ldi va quyidagilarga erishildi: 

- qo’shma gap tahlilida ingliz va o’zbek olimlari yaratgan nazariyalardan kelib chiqildi

-  qo’shma  gap  tipik  turlari  tarkibida  gaplarning  kelishi  ularning  o’ziga  xos  xususiyatlari, 

o’zaro munosabati va semantikasi har ikki til materialida tadqiq etildi

-  ergashgan  qo’shma  gaplar  har  ikki  tilda  qo’llanganda  ularning  o’ziga  xos  xususiyatlari 

ko’rsatildi; 

- qo’shma gaplarning ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjimalarida qo’llanishi tahlil etildi

-  ingliz  tilidagi  ba’zi  qo’shma  gaplarning  o’zbek  tiliga  tarjima  qilganda  sodda  gap  tarzida 

qo’llanishi qayd etildi; 

-  ingliz  tilidagi  qo’shma  gap  qismlarining  o’zaro  birikishi  tahlili  berildi  va  o’zbek  tilidagi 

varianti bilan qiyoslandi; 

- qo’shma gaplarning mazmuni xususiyatlari har ikki tilning o’ziga xos xususiyatlari dan kelib 

chiqqanligi  va  ba’zi  mazmun  bo’yoqlari  bo’rttirilib,  ayrimlari  kuchsizlantirilgan  holda  hamda 

yana birlarining o’zgargan tarzda berilishi tahlil etildi

-  ingliz  tilidagi  qo’shma  gaplarning  o’zbek  tilidagi  variantlari  bilan  qiyosiy  tahlili  ularning 

ham  mazmun,  ham  tuzilish  jihatidan  farqli  va  o’xshash  tomonlarini  bo’lishi  mumkinligi 

aniqlandi. 

- Ingliz tilidagi bir yoki ikki qo’shma gap, o’zbek tiliga qo’shma gaplardan keyin qo’llangan 

sodda gap tarzida berilishi o’rganildi. 




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling