Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Ingliz tilidagi qo’shma gaplarning o’zbek
tilidagi tarjimasi tahlil etilgan. Dialektikaning qonuni bo’yicha borliqdagi har bir hodisa-yu hosila
serqirrali bo’lganidek, qo’shma gapning’ham qirralari ko’p. Shuningdek, til jamiyat bilan
hamnafas bo’lib yashaydi, uning hayotdagi o’zgarishlarini, yangiliklarini tez va aniq yetkazadi,
ularning ongi, ma’naviyatiga kuchli ta’sir qiladi. Tilning shakllanishiga qo’shma gaplar alohida
hissa qo’shadi. Tilning tarkibiy qismi bo’lgan grammatika sathidan o’rin olgan qo’shma gaplar
o’ziga xos xususiyati, tarkibidagi gaplarning ingliz va o’zbek tili manbalarida qo’llanishini tahlil
etish bitiruv malakaviy ish maqsadidir. Bu maqsaddan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
- Ingliz tilida qo’llangan qo’shma gaplarning o’zbek tilidagi variantlari xususiyatlarini ochish;
- Har ikki tildagi qo’shma gaplar qismlarining o’ziga xos tomonlarini qiyoslab ko’rsatish;
- Ingliz va o’zbek tilidagi qo’shma gap tarkibiy qismlarining bog’lanish yo’llarini qiyosiy
tahlil etish;
- Qo’shma gap qismlari tarkibida uyushiq bo’laklar, uyushiq kesim va uyushgan gaplarning
qo’llanilishi;
Ingliz tilida berilgan qo’shma gaplarni o’zbek tiliga tarjima qilishda ustozimiz Dots. R.
Qiyomov nuqtai nazarlaridan kelib chiqish;
- Tahlil qilingan manbada qo’llangan qo’shma gaplar haqida statistik ma’lumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |